Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXB xodimiga pora taklif qilish bilan bog‘liq yana bir holat fosh etildi
Samarqand shahrida 1 sentabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi rahbarlariga xabar berib, unda shu yil 31 avgust kuni Bulung‘ur tumanida yashovchi D.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilib, avtomashina vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilganligini va fuqaro D.A. unga avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan 1 sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida D.A., xodimga xizmat xonasida 300 ming so‘m pulni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan fuqaro D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026