Qaşqadaryo viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan 2018 yilning 26 avgust kuni Qarşi şahar, I.Karimov köçasidagi “Yerqörğon” bozori röparasida reyd tadbiri ötkazildi. Mazkur tadbir vaqtida davlat raqam belgisi bölmagan “Neksiya” rusumli avtomaşina piyodalarga yöl bermay harakatlanib kelayotganligi uçun YPX xodimi serjant J.Avlayev tomonidan töxtatiladi. Haydovçiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmoqçi bölganida avtomaşina haydovçisi fuqaro F.Xamidov ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik va avtomaşinani jarima maydoniga olib bormaslik uçun bir oklad miqdorda 180-200 ming söm miqdorida pora berişini taklif qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy çora qörişni söragan. Bu haqda Kun.uz’ga Qaşqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

2018 yilning 27 avgust kuni soat 21:00 larda kapitan V.Xusanovning bildirgisi asosida viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIB ÖXB xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro F.Xamidov öziga tegişli bölgan “Neksiya” rusumli davlat raqamsiz avtomaşinasini jarima maydonçasidan çiqarib beriş evaziga 200.000 söm pullarni viloyat IIB YHB AYPXB 1-otryad YPX ma'muriy binosida kapitan V.Xusanovga pora tariqasida bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Foto: Qaşqadaryo viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.Raxmonovga nisbatan 27.08.2018 yilda Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan 10401-2/2018-329-sonli jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Qaşqadaryo viloyati IIB

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, bu sönggi kunlarda içki işlar organlari xodimiga pora taklif bilan boğliq yagona holat emas.

Xususan, avvalroq Xorazm viloyatida pora olayotganida qölga tuşgan şaxs IIV xodimiga ham pora berişga uringandi. Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Tibbiy birlaşma bölimi boşliği Q.X öz xodimidan pora oliş va IIB xodimiga pora beriş jinoyatlarini sodir qilgani uçun qölga olingan.

Şu yilning iyulida Q.X öz xizmat mavqesidan foydalangan holda, qöl ostidagi xodimi, hamşira Ş.B.dan 50 AQŞ dollari miqdorida pora olayotgan paytda uşlangan edi. Şundan söng, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi oçilgan. Biroq, u IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği A.Rözimovga murojaat qilib, agar jinoyat işini özining foydasiga hal qilib bersa, unga taklif qilingan 50 AQŞ dollarini 10 barobari miqdorida pul berişini bildiradi. Şundan söng, pora berişga uringan poraxör şu kuni taklif qilgan pulining 400 AQŞ dollarlik qismini bölinma boşliğiga berayotganida jinoyat ustida qölga olinadi.

Bundan taşqari, joriy yilning iyul oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xodimi K.R. rahbariyat nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro R.A. qonunga xilof ekanligini bila turib, javobgarlikdan qutuliş maqsadida öziga nisbatan töplangan ma'muriy hujjatlarni röyxatga olmaslik va “Tiko” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan çiqarib beriş evaziga pora taklif qilayotganligini ma'lum qilgan. Ötkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro R.A. xodimga 195000 söm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Şuningdek, fuqaro B.A. ham unga nisbatan töplangan ma'muriy hujjatlar yuzasidan öziga qonunga xilof ravişda yengillik yaratiş va “Spark” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan çiqartirib beriş evaziga Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xodimi D.L.ga 500000 söm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Yuqoridagi misollardan köriş mumkinki, aksariyat holatlarda fuqarolarning özi pora berişga urinib, jinoyat sodir etişmoqda. Ular özlari bilib yoki bilmagan holda, röy bergan qonunbuzarlik holatidan tezroq qutulib çiqiş ilinjida şunday qadamga borayotgan bölişlari mumkin.

Ayni vaqtda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan ham poraxörlik va tamagirlik kabi salbiy illatlarga qarşi kuraşiş borasida bir qator çora-tadbirlar belgilangan. «Içki işlar vazirligi kelgusida ham fuqarolar tomonidan xodimlarga qonunga xilof ekanligini bila turib, pora taklif qilingan har bir holatga nisbatan qonunda belgilangan tartibda murosasiz kuraş olib boradi», - deya bayonot bilan çiqqandi IIV.

2017 yilda mansabdor şaxslarga pora beriş bilan boğliq 1,7 mingdan ortiq jinoyat işi böyiça sud hukmi öqilgan. Natijada 2,5 ming nafarga yaqin şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Pora beriş jinoyat hisoblanib, bu qilmişni sodir etganlar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Jumladan, pora beriş, ya'ni davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi mansabdor şaxsiga mazkur mansabdor şaxsning öz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etişi lozim yoki mumkin bölgan muayyan harakatni pora bergan şaxsning manfaatlarini közlab bajarişi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositaçi orqali moddiy qimmatliklar beriş yoki uni mulkiy manfaatdor etiş - eng kam oylik iş haqining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Pora beriş takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari pora oliş, pora oliş-berişda vositaçilik qiliş bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgan şaxs tomonidan amalga oşirilsa va köp miqdorda sodir etilgan bölsa - beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Pora beriş juda köp miqdorda, uyuşgan guruh manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa - ön yildan ön beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şaxsga nisbatan pora sörab tovlamaçilik qilingan bölsa va uşbu şaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda öttiz sutka mobaynida öz ixtiyori bilan arz qilsa, çin köngildan puşaymon bölib, jinoyatni oçişda faol yordam bergan bölsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.