16:51 / 05.09.2018
4723

Koreya Moliyaviy razvedkasi bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Joriy yilning 3 sentabr kuni Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani guruhining Seul shahrida (Koreya Respublikasi) o‘tkazilgan oltinchi simpoziumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Koreya Respublikasi Moliyaviy razvedka bo‘limi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, hamkorlik jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyati doirasida shubhali moliyaviy operatsiyalar va ularni amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risida ma'lumot almashinuvi orqali olib boriladi.

Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan 21ta xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan bu turdagi hujjatlar imzolangan (AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Turkiya va boshqalar).

Memorandumning imzolanishi natijasi bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi sifatida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Top