Davlat rahbarlari muzokaralaridan söng ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi böldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Je In Özbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini çuqurlaştiriş töğrisidagi qöşma bayonotni qabul qildi.

Bu hujjatda özaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş, diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini keng nişonlaş, ikki xalq örtasidagi döstlik munosabatlarini mustahkamlaş maqsadlari örin olgan. Raqamlaştiriş, «yaşil» iqtisodiyot va kuçli ijtimoiy siyosat sohalari alohida strategik şeriklikning uç muhim yönalişi sifatida belgilangan.

Ikki mamlakat rahbarlari huzurida Soğliqni saqlaş sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022-2024 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi, Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2022-2024 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi, şuningdek, energetika sohasida özaro muloqot örnatiş, «aqlli şahar»larni rivojlantiriş, Iqtisodiy taraqqiyotga kömaklaşiş jamğarmasi orqali moliyalaştiriş, nodir metallar, mis va ularning qotişmalariga oid memorandumlar imzolandi.

Şuningdek, taşrif doirasida axborot texnologiyalari, «aqlli» qişloq xöjaligi sohalariga oid memorandumlar hamda Iqtisodiy taraqqiyot jamğarmasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar yetkazib beriş töğrisida bitim imzolandi.