Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimi 169-maktabning 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarga planshetlar sovg‘a qildi
Bugun respublikaning barcha umumta'lim maktablarida bo‘lgani kabi, Shayxontohur tumani Huvaydo mahallasidagi 169-maktabda ham 2018–2019 o‘quv yili uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyurib, yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi.
Toshkent shahar hokimi o‘z so‘zida mazkur maktabda tahsil olganligi, o‘quvchilik xotiralari haqida to‘xtalib, aynan qadrdon maktabida olgan bilimlari kelgusidagi muvaffaqiyatlariga poydevor bo‘lganligini alohida ta'kidladi. O‘quvchilarni a'lo baholarga o‘qishini aytib, ularga zafarlar tiladi.
J.Ortiqxo‘jayev 1-sinfga qabul qilingan 246 nafar o‘quvchilarning har biriga Samsung Galaxy Tab A planshetlarini sovg‘a qildi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026