129 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishi oldi olindi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda “I.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan qimmatbaho metallar va ulardan ishlangan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari fosh etildi.
Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan fuqaro R.D. 132 gr. og‘irlikdagi va uning hamrohi X.Sh. 89,6 gramm og‘irlikdagi tilla zanjir va ziraklarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.
Dehlidan uchib kelgan yana bir fuqaro R.A. esa bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotib, bojxonachilarning diqqatini tortdi. Uning bezovtalanishi sabablari esa shaxsiy ko‘rik davomida oshkor bo‘ldi. Qarang-ki, ushbu shaxs ham deklaratsiyalanmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida taqdim qilinmagan 155 gr. og‘irlikdagi tilla zanjirni bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan ekan.
Shu tariqa poytaxt aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bojxonachilar tomonidan jami 586,6 gramm og‘irlikdagi, dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra taxminiy qiymati 129 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarining bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
10:10 / 31.10.2024
O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatildi
15:30 / 23.10.2024