O‘zbekiston | 13:33 / 07.09.2018
22978
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tashkent City yuqori chidamli qilib ishlangan betondan qurilmoqda

Tajribali quruvchilar betonni vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi tirik organizmga o‘xshatishadi. Avval u yumshoq, egiluvchan,tashqaridagi ta'sirga nisbatan ta'sirchan, vaqt o‘tishi bilan uning xususiyatlari o‘zgarib, pishiq, mustahkam va chidamli bo‘ladi.

Aslini olganda betonning mustahkamligi uning naviga, unga ishlatilgan mahsulotlar: sement, qum, suv, shag‘al, pishiqligiga ta'sir ko‘rsatuvchi kimyoviy qo‘shilmalar, sovuqqa chidamliligi, tayyor mahsulotning suv o‘tkazuvchanligi bilan belgilanadi.

Ko‘pincha bino qurilishining poydevor qismida betonning M400 navi qo‘llanadi (Bu 1 kvadrat santimetr qotgan betonning necha kg bosim ko‘rsatgandagi chidamliligi raqam ko‘rsatkichini bildiradi).

Tashkent City inshootlarini bunyod etish uchun uning hududida ikki mini zavod – Beton tarqatish tarmog‘i (BTT) tashkil qilindi. Ulardan birining ishlab chiqarish quvvati soatiga 150 kub bo‘lsa, ikkinchisining ishlab chiqarish quvvati soatiga 80 kubdir. Yaqin orada yana bir qancha BTT ishga tushiriladi. Ish sutka mobaynida muntazam davom etmoqda.

Foto: Tashkent City

Bu yerda M200, M450 va M600 beton navlari ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa, oxirgi navli beton maxsus moslashtirilgan bo‘lib, chidamliligi, suv o‘tkazuvchanligi, qulay joylashtirilishining yuqori xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bunday beton muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obektlar, ko‘prik, suv to‘g‘onlari, ko‘p qavatli binolar qurilishida qo‘llaniladi. “Tashkent City” da undan asosan yuqori inshootlarni yaratishda foydalanilmoqda.

 Aynan, bu yerda labaratoriya ham faoliyat olib borib, beton namunalari o‘z sifatiga chidamliligini tasdiqlanishi uchun muhim bo‘lgan barcha sinovlardan o‘tadi.

Beton namunalarini geometriya, og‘irlik va pishiqlikni qisilish sinovlari uchun tayyorlash
Foto: Tashkent City
Beton aralashma harakatlanishini aniqlash, uni konus cho‘kishi, deb ham atashadi
Foto: Tashkent City

Aytish kerakki, beton quyilguncha , ya'ni BTT dan chiqquniga qadar va quyib bo‘lingach, u tekshiriladi – tayyor qoziq, ustun, u yoki bu binoning poydevoridan namuna olinadi. Namunalar beton quyilgan kundan 8 kun o‘tgach, uning mustahkamligining 75 % aniqlash imkoni bo‘lsa; 28 kun o‘tgach, beton mustahkamligining hisob ko‘rsatkichi 95-98% ma'lum bo‘ladi. Keyingi 10-15 yilda yomg‘ir, qor va ultrabinafsha nurlarning zararli ta'siri o‘zining salbiy jihatlarini o‘tkazmasa, beton mo‘ljallangan  mustahkamlikning 120-130% ga ega bo‘lishi mumkin.

Beton namunalarining (kubiklar) siqishga bardosh berishini sinash
Foto: Tashkent City
Zarrachalar hajmlariga mos keladigan inert materiallarni (qum, shag‘al, sement) elash jarayoni
Foto: Tashkent City

Laboratoriya xulosalarisiz qurilish davom etmaydi.

Tezkor BTT (Beton tarqatish tarmog‘i) beton qorishmalarini Tashkent Cityning barcha Lotlariga taqsimlaydi. Bu yerda har kuni 2500 kub turli nav va turdagi   qorishma ishlatiladi.

Ushbu qurilish materialining tayyorlash usuli O‘zbekistondagi yirik qurilish loyihasi uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Misol uchun, bir qator turli kimyoviy aralashmalardan tashqari uning tarkibiga yana bir narsa – oddiy kul ham qo‘shilayapti. Kul betonning mustahkamligi va egiluvchanligini ta'minlaydi.

Va, albatta qurilish inshootining mustahkamligi betonning tarkibigagina bog‘liq emas, balki uning qanday sharoitda qotishiga ham bog‘liq.  Tashkent Cityning qurilishida O‘zbekistonda ilk marta nemis texnologiyalari asosida yig‘ilgan modulli yig‘iluvchan opalubkalardan foydalanilmoqda. Uning qo‘llanilishi turli hajm va shakldagi beton ustunlarining “pishish” jarayonini tezlashtiradi va yengillashtiradi.

Tashkent City obektlarini qurishda ishlatiladigan olinadigan yaxlit opalubka (beton quyish uchun qolip)
Foto: Tashkent City

Bu yordamchi konstruksiya foydalanish uchun qulay va mustahkam, uning o‘zgarmas geometrik o‘lchamidan 400 martagacha foydalanish mumkin. Masalan, oddiy yog‘och opalubkadan 10 marta foydalaniladi, unda vaqt o‘tishi bilan beton taxtachalarni yemirib yuboradi hamda ularni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Ta'kidlab o‘tish kerakki, obektdagi barcha ishlar to‘xtovsiz olib borilmoqda. Bir daqiqani ham bekorga yo‘qotish kerak emas. Ayrim Lotlardagi obektlarni foydalanishga topshirilishi 2019 yilda yakunlanadi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid