O‘zbekistonda Salomatlikni targ‘ib qilish kunlari boshlandi
Aholining tibbiy bilim va tafakkurini yuksaltirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, har bir insonning o‘zi va yaqinlari salomatligi uchun mas'ulligini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Salomatlikni targ‘ib qilish kunlari” o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashkil etilgan mazkur tadbir tibbiyot tizimida erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga keng targ‘ib etish barobarida, zamonaviy tibbiy imkoniyatlardan odamlarning bahramandligini oshirishda ham muhim qadam bo‘lmoqda. Ushbu tibbiy-ijtimoiy aksiya poytaxtimiz va viloyatlardagi madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilmoqda. Ya'ni, madaniyat maskanlariga hordiq chiqarish va sayr qilish maqsadida tashrif buyurgan odamlar bog‘larda tashkil etilgan tibbiyot pavilonlariga taklif etilib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka jalb etilyapti.

Tibbiyot ko‘riklarni o‘tkazish uchun poytaxtdagi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va viloyatlardagi yetakchi tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari olimlari, malakali shifokorlar jalb etilgani xalqimiz uchun yana bir qulaylikdir. Xususan, aholi xirurgiya, nevrologiya, urologiya, kardiologiya, travmatologiya, pediatriya, akusher-ginekologiya, oftalmologiya kabi sohalarda ishlayotgan olimlar va yetuk mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish imkoniga ega bo‘lmoqda. Tibbiy ko‘rikni xalqaro andozalar bo‘yicha tashkil etish uchun pavilonlar UTT, EKG kabi zamonaviy apparatlar va laboratoriya tahlil vositalari bilan jihozlangani e'tiborga molik.

Shuningdek, olimlar va malakali shifokorlardan tuzilgan ko‘chma brigadalar chekka hududlarda istiqomat qiluvchi keksalar, nogironlar holidan xabar olib, ular xonadonlariga tashrif buyurmoqda. Tibbiy ko‘riklar natijasida statsionar davolanishga muhtoj deb topilganlarni tegishli tartibda tuman, shahar, viloyat va respublika tibbiyot muassasalarida sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

16:34 / 13.02.2025
Inson hayoti va sog‘ligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi

18:16 / 11.12.2024
Olimlar umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomini aytdi

18:46 / 08.11.2024
Nonushta qilmaslik diabet va semizlikka olib kelishi mumkin - diyetolog

20:49 / 01.03.2024