Şirin gazlangan içimliklar suyaklarni mörtlaştirişi mumkin, çunki ular tarkibida kalsiyni yuvadigan ortofosfor kislotasi mavjud. Bu haqda «Moskva 24» naşriga diyetolog Yelena Solomatina ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, bu, ayniqsa, keksalar va bolalar uçun xavflidir. Şifokorning qöşimça qilişiça, içimlikdagi köp miqdordagi şakar giperglikemiyani - asabiylaşiş, çarçoq va taşviş holatini qözğatişi mumkin. Şu sababli, miya şakarning qöşimça dozasini talab qilişi mumkin.

«Agar şakar bilan ta’minlangan energiya töliq sarflanmasa, yoğ töqimalari hosil böladi. Hujayralar şakarni ötkazişni töxtatadi, şuning uçun u qon oqimi orqali aylana boşlaydi va tomirlarga uriladi. Şikastlangan joylarda zararli xolesterin töplanadi, u quyqa va tromblarga sabab bölişi mumkin», dedi Solomatina.

Uning qöşimça qilişiça, gazlangan içimliklar mikrobiomaga salbiy ta’sir körsatadi va himoya funksiyalarini kamaytiradi. Xatarlardan qoçiş uçun şifokor uni toza içimlik suvi bilan almaştirişni maslahat berdi.