O‘zbekiston | 22:20 / 09.09.2018
19400
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekning shonli tarixi Shahrisabz diyorida gavdalandi - fotojamlanma

Shahrisabz shahrida o‘tayotgan maqom bayrami ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Sayyohlar uchun ham, mahalliy odamlar uchun ham o‘zgacha tantanaga aylangan bu bayramda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan mehmonlar tashrif buyurgan. Ular o‘zlariga atalgan pavilonlarda o‘z tarixlari va milliy urf-odatlaridan hikoya qiluvchi rang-barang manzarali dekoratsiyalar qilishganki, u yerda bo‘lgan har bir kishi o‘sha viloyat hayotiga, tarixiga tushib qolgandek his etadi o‘zini.

Pavilonlarni aylanar ekansiz Xorazmning mashhur qal'alariyu, Buxoro arkini, Andijonning o‘ziga xos oshxonasiyu Sirdaryo qovunlarini, Namangan laparlariyu, Surxondaryo baxshisining navosi, Qoraqalpoq elining mardliginiyu Samarqand nonlarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz, his etasiz, ulkan tarix sahnasida o‘zingizni sezasiz. Shuning uchun mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugun o‘zbekning butun tarixi Shahrisabz diyorida gavdalandi.

Yashil shahar o‘z bag‘riga mehmonlarni chorlab qoladi.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid