Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poyezd mashinisti nogironligi bo‘lgan ayolning yuziga eshiklarni yopib qo‘ydi va jo‘nab ketdi (video)
Buyuk Britaniyada yashovchi ayol Greater Anglia transport kompaniyasi ustidan shikoyat qildi, sababi u perronda vagonga chiqish uchun yordam kutayotganida poyezd mashinist eshiklarni yopgan va ketib qolgan. Poyezd vokzalni ayolsiz tark etayotgani tasvirlangan video uning Twitter’dagi sahifasida e'lon qilindi.
Xolli Bruksning (Hollie Brooks) aytishicha, vokzal xodimiga nogironlik aravachasida unga chiqish uchun pandus taqdim etish borasida iltimos bilan chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, poyezdga chiqish uchun yordam kerakligi haqida bir necha kishi xabardor etgan.
Pandusni (binolarga kiraverishda yuqoriga chiqish yoki pastga tushish uchun imkon beradigan qiya sirt, nishab yo‘lka) uzoq vaqt davomida berishmagan. Kutilmagan poyezd eshiklari yopilgan va u jo‘nab ketgan. Bruksning tan olishicha, shu paytda vahimaga tushgan.
Nogironlik aravachasida safar qiluvchi yo‘lovchilar bu haqda transport kompaniyasini avvaldan xabardor etishi kerak, britaniyalik ayol ham shunday qilgan. Biroq, uning poyezdi jo‘nab ketishi lozim bo‘lgan platforma o‘zgargan hamda kerakli pandus o‘z vaqtida taqdim etilmagan. The Mirror ma'lumotlariga ko‘ra, Greater Anglia vakili shaxsan uzr so‘rash uchun ayol bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi.
Mavzuga oid
09:41 / 07.02.2026
Yadro quroli: Rossiya London va Parijni kelishuvga qo‘shmoqchi
08:50 / 02.02.2026
Sobiq yevrokomissar Epshteyn bilan aloqalar haqidagi ma’lumot sabab partiyadan chiqdi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
10:58 / 26.01.2026