Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora taklif qilish bilan bog‘liq yana bir holat aniqlandi
Illyustrativ foto
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yil 7 sentabr kuni viloyat IIB xodimi o‘z rahbarlariga axborot berib, unda shu kuni xodim Qushqochdi mahallasida xizmat olib borayotgan vaqtida shu mahallada yashovchi S.S. boshqaruvidagi “Tiko” rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun unga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirganligini, fuqaro S.S. esa avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 200 000 so‘m pulni pora sifatida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.
Berilgan axborotga muvofiq, 7 sentabr kuni viloyat IIB va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida S.S. tumani hududida joylashgan YPX blok posti oldida xodimga ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 200 000 so‘m pulni pora sifatida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026