Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antirekord yana yangilandi. O‘zbekiston terma jamoasi 10 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti
O‘zbekiston terma jamoasi 11 sentabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida Eronga 0:1 hisobida yutqazdi.
Natijada, «oq bo‘rilar»ning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi yana bittaga ko‘paydi. So‘nggi bor 2017 yilning 6 iyun kuni, Toshkentda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Tailandni 2:0 hisobida yenggan terma jamoa qatorasiga 10ta bahsdan buyon g‘alaba nimaligini bilmayapti. Bu terma jamoa tarixidagi antirekorddir.
Mana shu bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi 3 marta durang o‘ynab (Janubiy Koreya 0:0, Senegal 1:1, Suriya 1:1), 7 marta yutqazdi (Eron 0:2, Xitoy 0:1, BAA 0:1, Marokash 0:2, Eron 0:1, Urugvay 0:3, Eron 0:1). To‘plar nisbati 2:13.
Qayd etish joizki, terma jamoa nafaqat g‘alaba qozonishni unutgan, balki raqib darvozasini o‘yindan ishg‘ol qilishni ham eplolmayapti - bu bahslardagi har ikkala gol penaltidan urilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi antirekord 7ta o‘yinga teng bo‘lib, 2008 yili bosh murabbiy Rauf Inileyev qo‘l ostidagi o‘yinlarda qayd etilgan edi.
Suriyaga qarshi birinchi o‘yinida terma jamoa bilan g‘alaba qozona olmagan (1:1) Ektor Kuper antirekordni davom ettirgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026