Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonaga yangi hokim tayinlandi
Foto: Turar Kazangapov
Qozog‘istonning endilikda sobiq moliya vaziri Baxit Sultanov poytaxt Ostonaga yangi hokim etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u moliya vaziri lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ostonaning sobiq hokimi Aset Isekeshev prezident ma'muriyati rahbari etib tayinlangandi. U pensiya yoshiga yetgani sababli o‘z lavozimidan ozod etilgan Odilbek Jaksibekov o‘rnini egallagan.
Sultanov 1971 yilda Olmaotada tug‘ilgan. Qozoq milliy texnika universiteti va Qozoq davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Sultanov 2013 yil noyabrdan boshlab moliya vaziri lavozimini egallab kelgan. Oilali, uch farzandning otasi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:11 / 22.06.2025