Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alphabet havo sharlari orasida LTE signalini uzoq masofaga o‘rnatish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Alphabet
Loon kompaniyasining Alphabet bo‘linmasi o‘zining stratosferadagi havo sharlari orasida LTE signalini uzoq masofaga o‘rnatish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Injyenerlar signalni zanjir bo‘ylab ming kilometrga uzatishga erishishdi, deb yozmoqda Engadget.
Loon 2014 yildan buyon stratostat ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Havo sharlari qishloq joylari, yetib borish qiyin bo‘lgan yoki tabiiy ofat yuz bergan joylarni internet bilan ta'minlaydi. Bugungi kunda osmonda 100 kun turishi mumkin bo‘lgan sharni uchirish uchun atigi 30 daqiqa ketadi.
Tajriba vaqtida sharlar bir-biridan 600 km masofada joylashtirildi, signal esa Nevadadagi stansiyadan uzatildi. Natijada birinchi stratostat signalni keyingisiga uzatdi va signal zanjir bo‘ylab uzatilib yana yerga qaytdi.
Avvalroq Loon aerostatlar orqali W-Fi tarqatish uchun dastlabki buyurtmani olgandi. Keniyaning Telkom Kenya telekommunikatsiya kompaniyasi 2019 yilga kelib Loon bilan hamkorlikda mamlakatning butun hududini internet bilan qamraydi.
Mavzuga oid
20:48 / 10.10.2025
Pavel Durov «erkin internetni qutqarishga» chaqirdi
22:20 / 08.10.2025
Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarda yangi senzura kampaniyasini boshladi
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020