Kuper terma jamoamizni qanday özgartirmoqçi? Tahlil
|21:33 / 12.09.201871 04020 min
Ikki öyindan kelib çiqib, murabbiyga ijobiy yoki salbiy baho beriş mumkinmi? Masalan, jurnalistlar eronliklar terma jamoasi ustozi Karlos Keyruşdan uning jamoasiga qarşilik qilgan «Özbekiston»lar içida qaysi murabbiyning (Abramov, Qosimov, Babayan, Kuper) jamoasi kuçliroq ekanini söraşdi. Aslida, bu jamoalarni soliştiriş notöğri deb öylayman.
Birinçidan, Eronga qarşi öynagan terma jamoalarimiz turli davrlarda va tayyorgarlik bosqiçlarida edi. Osiyo kubogi va saralaşning ikki bosqiçini birga bosib ötgan Abramov jamoasini ikki haftaça oldin ilk marta yiğilgan Kuper jamoasi bilan teng köriş töğri emas.
Ikkinçidan, avvalgi öyinlar rasmiy maqomda bölib, murabbiylarimiz, albatta, raqib ham, avvalo, oçko qölga kiritiş uçun maydonga tuşişgan. Kuper esa, boşqa pallada turibdi.
Uçinçidan, Keyruş bilan yetti yil birgalikda salkam klubga aylanayozgan Eron bilan 2012 yildagisini soliştirişdan ham ma'no yöq.
Murabbiyning tayinlanişi biror bir iste'fodan keyin, masalan, qandaydir turnir davomida amalga oşsa, ilk öyinlardayoq, uning işi közga taşlanadi. Sababi, odatda, bunday holatlarda murabbiylar işlab turgan uslub va taktikalarni özgartirişga qöl urişmaydi. Şunçaki, muvaffaqiyatsizliklardan yiğilib qolgan salbiy hissiyotlar yöqolib, öyinga qöşimça çizgilar berilişi (işlab turgan murabbiy jarayonning içiga tuşib ketib, köpinça xatolarini payqamay qoladi, yangi kelgan murabbiy esa, çetdan kuzatuv yordamida muhim nuqtalarni payqaşi va ijobiy turtki berişi mumkin) hisobiga jamoa kuçayadi. Qosimov Inileyev va Abramov örniga kelganida ham, Babayan Qosimovdan söng tayinlanganda ham, aynan şu jihat yordamida terma jamoa natijalari yaxşilanib, murabbiy işi darhol közga taşlangandi.
Hozir boşqaça holat. Ektor Kuperga Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasi topşirildi va uning ixtiyorida yetarli vaqt bor. Tabiiyki, murabbiy avvalo, öz jamoasini quriş, futbolçilarni öz falsafa va ğoyalariga moslaştiriş yölidan boradi. Kapadzedan qabul qilib olingan jamoa bilan birdaniga ğalabalar qozonişni öylasa, xato bölişi şubhasiz. Şu tomondan, Kuperni 2010 yildagi Abramov yoki 2007 yil boşidagi Inileyev holati bilan soliştiriş mumkin. Apreldan boşlab juda köp örtoqlik öyinlarida qatnaşgan Abramov ilk ğalabasini noyabr oyiga kelib qölga kiritgandi.
Va yana bir katta faktor bor. Murabbiy va futbolçilar örtasidagi munosabat hali töliq şakllangani yöq. Ya'ni, maydondagi öyinga qarab turib, murabbiy futbolçilarga aynan qanday yönalişda körsatma va vazifalar berganini biliş qiyin. Çunki hali yangi yuklama va körsatmalarga örganmagan futbolçi öz vazifasini qay tariqa bajara olyapti yoki yöq, qaysi pallalarda aynan murabbiyning aytganini qilişga urinyapti va qaçon improvizatsiya qilyapti, baho beriş oson emas. Agar yetarli vaqt va öyinlardan keyin ham, terma jamoamiz öyini keçagidek bölsa, Kuperga töliq savollar va ayblovlarni yöllaşimiz mumkin – şunça vaqtda öz ğoyalarini futbolçilarga singdira olmagan yoki mos taktika tanlay olmagan deb. Bir hafta maşğulotlar va ikki öyin orqali futbolçilar tomonidan körsatilgan öyin Kuperning miyasidagi taktikaning aksi deb ayta olmaymiz. Hali erta. Bu tuşunarli.
Mavzuga oid
Xöş unda nima qila olamiz? Öyinlardan kelib çiqib, Kuper Özbekistonda aynan qanday jamoa qurmoqçi ekani, qaysi yönalişda iş olib bormoqçi bölayotgani haqida fikr yuritişimiz, terma jamoamiz kelajagi haqida taxminlar qilişimiz mumkin.
TARKIB
Kuper asosiy bahs sifatida Eron bilan öyinni tanladi. Suriya bilan öyinda kelajakda ham asosiy tarkibda tuşişi aniq bölgan Ahmedov, Denisov, Şomurodov kabi futbolçilarni tuşirmadi. Ilk öyinda urğu asosiy öyinçilar va Indoneziyaga ketgan yoşlardan taşqari, terma jamoamiz asosiy tarkibiga potensial nomzod sifatida qaralişi mumkin bölgan ba'zi nomlarni sinovdan ötkazişga qaratildi.
Eron bilan öyindan keyingi matbuot anjumanida Ektor Kuperning özi ham bu farazni tasdiqladi. Argentinalik mutaxassisning aytişiça, u öyinlarda maydonga tuşgan futbolçilardan öz talabiga javob bermaydiganlarni bilib olgan. Şuningdek, keyingi yiğinlarda olimpiyaçilarimiz safidan ham bir qator futbolçilar va hatto şu paytgaça terma jamoada maydonga tuşmagan yangi nomlar ham paydo böladi.
Suriya bilan öynagan tarkib: Nesterov, Şorahmedov, Krimets, Ismoilov, Zoteyev, Şukurov, Ibrohimov, Ğofurov, Raşidov, Bikmayev, Nagayev
Eron bilan öynagan tarkib: Suyunov, Denisov, Ismoilov, Töxtaxöjayev, Sayfiyev, Ahmedov, Şukurov, Şomurodov, Bikmayev, Raşidov, Abduxoliqov.
Nazarimda, Kuperning bölajak jamoasiga tarkib va taktik nuqtai nazardan eng yaqini Eronga qarşi ötkazilgan birinçi bölimdir. Aynan öşa bölimda Kuper himoya va yarim himoyaning optimalga yaqin variantini tuşirdi, jamoa taktik jihatdan benuqson öynaşga harakat qildi, jiddiy yondaşildi. Ikkinçi bölim esa, yana yangi sinovlarga imkon yaratgani şubhasiz, buni masalan maydonda eng yaxşi bölib turgan Sardor Raşidovning almaştirilganidan ham payqaş mumkin.
TAKTIKA VA SXeMA
Kuper terma jamoamizga tayinlanganda, uning asosiy falsafasi taniş bölsa-da, aynan qaysi sxemada öynaşi savol ostida qolayotgandi. Masalan, Misrda öyin uslubi Muhammad Salohning individual mahoratini hisobda olgan holda taşkil etilgan. Himoya va tayanç zonasini imkon qadar mustahkamlaş va oldinda köproq Salohning bir neça himoyaçini öziga qaratişi yordamida böş zonalar paydo qiliş. Umuman, yulduz yetakçisi bölgan Argentina yoki Portugaliya ham xuddi şunday qiladi. Özbekiston terma jamoasida bu toifa mahorat egasi yöqligi bois, Kuperdan bu yerda yangi Misr kutiş biroz notöğri bölardi.
Murabbiy faoliyatidagi boşqa muvaffaqiyatli loyiha – «Valensiya». Kuper terma jamoamizni sof vingerlar bilan 4-4-2 (ba'zi örinlarda 4-2-4, buni murabbiyning özi ham aytib ötdi) sxemasiga moslaştirayotganini seziş qiyin emas.
Buni biz Sardor Raşidovning qaysi qanotda öynayotganidan osongina ilğab olamiz. Raşidov – çapaqay futbolçi, odatda u terma jamoamizda öng qanotda harakat qilardi. Bu unga kerak paytda markaz tomon töp bilan harakatlaniş (va ba'zida zarba beriş) imkonini oşirardi. Çap qanotda Raşidov bunday imkoniyatga ega bölmaydi, ammo köproq vertikal öynaş va raqiblardan qoçib ketiş, kengroq hujum qiliş uçun çap tomon imkoniyat yaratadi. Demak Kuper markazda yoki yarim-qanotda son jihatidan ustunlik qiliş emas, aynan keng zonalar bilan va tezkor hujum qilişni afzal bilgan.
SALOM, 4-4-2!
Bu sxema ayniqsa, 90-yillarda Angliyada urf bölgan, xususan qanotlarda Giggz va Bekhem töp surgan «Mançester Yunayted» bu sxemani çöqqiga olib çiqqan. Ektor Kuper ham «Valensiya»da sof vingerlardan foydalanar va xuddi şu sxemada muvaffaqiyat qozongandi.
Gvardiola va yana boşqa bir qator murabbiylar «total futbol»ni qaytarişgaç, bu uslub biroz çekingandek böldi va jamoalar imkon qadar maydon markazida köproq futbolçi bilan öynay boşlaşdi. 4-4-2 örniga 4-2-3-1 yaqqol afzal sxema sifatida körilib, bu yerda qanot hujumçilari köproq markazga yaqinroq (xuddi öng qanotdagi Raşidov singari) böladi va qanot töliğiça bir futbolçiga – faol qanot himoyaçisiga topşiriladi.
4-4-2 sxemasining uzlatga çekinişiga yana bir sabab, Yevropadagi aksariyat jamoalar bu sxemaning romb variantini qöllaşgan. Ikki hujumçi ortida hujumkor yarim himoyaçi, asosiy pleymeyker joylaşadi. Asta-sekinlik bilan raqib jamoalar personal ta'qib orqali bu futbolçini şeriklaridan uzib, butunlay öyinni buzib taşlay boşladilar. Yuqorida, aynan «MYu»ni misol keltirganimning sababi bor. Fergyuson 4-4-2 sxemasining çiziqli variantini, ya'ni markaziy yarim himoyaçilarning bir çiziqda joylaşişini (romb emas) sinagandi. Bu variantda himoyalanişda ham, hujum qilişda ham manevrlari bir biriga yaqin bölgan (Kin va Skoulz) ikki futbolçi markazga joylaşadi va straxovka yordamida, doimiy ravişda bir birini qöllab, raqibning xos ta'qibiga yöl bermaydilar.
Bugunga kelib, 4-4-2 butunlay eskirdi, deb bölmaydi, aksinça, yangi davrda köpgina jamoalar asta-sekin bu uslubga murojaat qilibgina qolmay, muvaffaqiyat qozonmoqda. Simeonening «Atletiko»si, Germaniyada «Borussiya» M va «Ayntraxt» şular jumlasidandir. Sezgan bölsangiz, endi 4-4-2 asosan çeklangan resurs bilan kuçliroq jamoalarga qarşilik körsata olişda yordam beradi. Masalan, bu mavsumda Xavi Grasiya «Uotford»da 4-4-2 ni asosiy taktika sifatida qöllay boşladi va bu yomon natija bermayapti. Yoki ikki yil oldin Angliyada çempion bölgan «Lester»ni oliş mumkin. Körib turganingizdek, bu jamoalar 4-4-2 sxemasining samaraliroq bölgan çiziqli variantini tanlaşgan va yarim himoyaga (Koke-Gabi, Drinkuoter-Kante, masalan) öxşaş futbolçilarni joylaştirişgan.
Özbekiston terma jamoasi yulduzli tarkib böyiça kamida tört jamoa – Eron, Koreya, Yaponiya va Avstraliyadan ortda qolişi, ya'ni jahon çempionati saralaşi, Osiyo kubogi kabi turnirlarda resurslarimiz asosiy raqiblarimizga nisbatan çeklanganini inobatga olsak, bu uslub agar yaxşi ijro etilsa, samarali bölişi mumkin.
USTUNLIKLAR
4-4-2 zona himoyalanişda juda katta ustunlik beradi. Qanotda. Markazda, hujumda, umuman maydonning har bir hududida bir emas, futbolçilar juft şaklida harakatlanişadi va doimiy ravişda bir-birlarini straxovka qilişadi. Qanot yarim himoyaçisi qanotda himoya oldidagi ilk tösiq vazifasini bajaradi, hujumçilardan biri doimiy ravişda ikki markaziy yarim himoyaçilarning örtasini yopadi, şu tariqa raqibga maydonning har burçagida töpni erkin nazorat qiliş imkonini bermaydi.
Bu yerda asosiy talab futbolçilarning yuksak jismoniy tayyorgarligidir. Ya'ni qaçonki, futbolçilar butun öyin davomida töxtamasdan, bir xil tempda harakat qilsalargina, muvaffaqiyat qozonilişi mumkin. Ektor Kuper öyindan keyin mana şu jismoniy holatga urğu berib, balki şogirdlarida butun öyinni şu tempda ötkazişga kuç qolmaganini aytdi. Rostan ham, e'tibor bersak, birinçi taymda Eron darvozamizga u qadar xavf solmayotgandi, şuningdek, Raşidov yoki Şomurodov birinçi taymni yomon öynamagan holda, erta almaştirilganiga e'tibor bering. Misol uçun, Yunus «Ayaks»ning eng muhim futbolçilaridan biri sanaladi, ammo ötgan mavsumda De Bur 34 öyindan 20tasida uni ikkinçi taymda almaştirgan. Oson emas.
HUJUM TAŞKIL QILIŞ
Eron bilan öyin oldidan jurnalist Kuperdan «Siz Suriya bilan öyinda asosiy vazifa sifatida himoyaga e'tibor qaratib, endi Eronga hujumga urğu berasizmi?» deb söraganda, Kuper rad qildi. Murabbiy savol bunday qöyilmasligi kerakligini, aslida hujum ham, himoya ham bir-birini töldiradigan sohalar ekanini aytdi.
Töğri. Ammo Eronga qarşi öyinda himoyaga bölgan e'tibor hujum taşkil qilişda pand berdi. 4-4-2 da, ma'lumki, maydon markazida töpni nazorat qiliş oson emas. Urğu ikki qanotga qaratiladi va bu yerda qanot himoyaçilarining örni juda muhim. Futbolni matematik analiz qiladigan mutaxassislar aslida 4-4-2 da maydonning eng oxirgi fazasida töpga egalik qilişda ham, himoyadan hujumga töpni olib borişda ham eng köp kombinatsiyalar mavjudligini aniqlaşgan ekan.
Buning uçun qanot himoyaçisi, vinger va mos markaziy himoyaçi (oldingi çiziqda ikkinçi hujumçi) birgalikda uçburçaklar hosil qilgan holda raqib e'tiborini qaratişlari va qarşi tomonda yoki jarima maydoni yaqinida böşliqlar paydo qilişlari oson keçadi. Bir qanotda doimiy ravişda ikki futbolçining bölişi naqadar yaxşi – majburiy ravişda raqibning qanot futbolçisiga yordam sifatida kimdir keladi, yana böşliqlar yuzaga keladi. Şu bilan birga, hujumçilardan biri doimiy ravişda orqaga qaytişi va öşa kerakli son ustunligini yaratişi mumkin. «Real» ikki hujumçi bilan öynaganda Benzema yoki «Atletiko»da Grizmann xuddi şu vazifani bajaradi. Bir paytdar «MYu»da Koul-York juftligi navbati bilan şu işni amalga oşirişardi.
Terma jamoamizning keçagi öyinida bu jihat yetişmadi. Butun öyin davomida Vitaliy Denisov biror marta ham hujumni qöllab-quvvatlamadi. Bikmayev ham, Abduxoliqov ham, bir paytlar Geynrix ideal tarzda mos kelgan rolni bajara olişmadi. Denisov va Sayfiyevning hujumga qöşilmasligi Erondan hayiqişmi yoki uslubning hali yetilmaganimi, bilmadim, ammo faol qanot himoyaçilarisiz umuman pozitsion hujum qila olmadik. Raşidov ham, Şomurodov ham töpni egallaganda faqat töp bilan oldinga yugurişdan boşqa çora topa olmadi. Himoyaçilar oldinga sinxron harakatlanişmagan paytlarda, Ahmedov yoki Şukurovning hujumga yordam berişi doim raqibning xavfli qarşi hujumiga olib kelaverdi – çunki örtada juda katta zona böş qolardi.
Aslida, yuqorida aytilgandek, sönggi fazada töpni nazorat qiliş uçun eng mos va xavfsiz köringan 4-4-2, himoyaçilarning oldinda yöqliklari evaziga kuçsiz bölib qoldi. Terma jamoamiz standart vaziyatlarni qöşmaganda, raqib maydonida pozitsiya yarata olmadi.
HIMOYaLANIŞ
Xuddi şu muammo himoyalanişda ham vujudga keldi. Aslida muammo demagan ham bölardim. Denisov öyinni juda yomon ötkazdi, buning sababi ma'lum, terma jamoamiz endi butunlay boşqaça himoyalanmoqda. Qanot yarim himoyaçisi va hujumçilarning himoyalanişdagi iştiroki, hamda qanot futbolçilarining özaro boğlami hali töliq şakllanib ulgurgani yöq. Markazda Şukurov va Ahmedovning himoyaçilar bilan hamohangligi u qadar özgarmadi, lekin qanotda endi futbolçilarga yangi talablar, yangi yuklamalar paydo böldi.
Ilgari Denisov bemalol raqibga peşvoz çiqar, uni körsatma asosida markaziy himoyaçilardan biri quvvatlardi. 4-4-2 da endi bu boğlam Denisov va vingerlar örtasida böladi. Vinger doimiy ravişda ortga qaytişi va himoyaçi bilan bir-birini straxovka qilişi doimiy ravişda amalga oşirilişi kerak. Raşidov yoki Şomurodov passivlik körsatgan paytda butun yuk qanot himoyaçisi yelkasiga tuşadi.
Yuqoridagi vaziyat, eronliklar darvozabonimiz tepgan töpni egallab olgandan keyin yaratilgan. Ya'ni qarşi hujum emas. Vingerlarimiz va qanot himoyaçilari örtasidagi masofaga e'tibor bering – juda katta. Har ikki qanotda eronlik futbolçilar joylaşişgan va bemalol töpni qabul qilişga tayyor turişibdi. Denisov yoki Sayfiyev bu futbolçilarni yopa olişmaydi, çunki u holda markazda juda xavfli böşliqlar yuzaga keladi. Vingerlarimizning öz vaqtida zonani yopmayotganliklari tufayli, himoyaçilarimiz ikki yomondan xavfsizroğini tanlaşga, ya'ni Eronning qanotdan hujumni davom ettirişlariga yöl qöyişga majburlar.
Özaro tuşunmovçilikni biz Eron gol urgan vaziyatda ham körişimiz mumkin:
Göyoki, eronlik futbolçi ikki futbolçimizni juda çiroyli va kutilmagan tarzda aldab ötgandan keyin paydo böldi vaziyat. Lekin aslida, ikki futbolçimiz birdaniga, bir paytda hujumçiga taşlanganliklari xato bölgandi va bu yerda eronlik futbolçi bemalol töpni pas orqali ham kerakli futbolçiga yetkazib berişi ham mumkin edi. Ikki qanot futbolçilarimiz kelişilmagan holatda bir futbolçiga yaqin bölib qolganliklari natijasida jarima maydonida böşliq paydo böldi. Tabiiyki, markaziy himoyaçilarimiz bu zonani yopiş haqida öylamayotgan edi.
Keyingi xato Denisovda. Yuqorida rasmda körib turganingizdek, eronlik hujumçi yana oson variantni tanlaşi va yonidagi şerigini sariq strelka bilan körsatilgan oçiq zonaga çiqarişi mumkin edi. Bu yerda sun'iy ofsayd orqali raqibning bu variantini yöqqa çiqarişga uriniş kuzatilmadi. Denisov ham oldinga harakatlanişda şoşilmayapti, markaziy himoyaçilarimiz ham huşyorlikni qöldan boy berişdi.
Hujumçi boşqaça yöl tanladi va endi markaziy himoyaçilarimiz uxlab qolişdi.
Son jihatdan ustunlik bölsa-da, himoyalanişda notöğri joylaşuv sababli, raqibda oçiq zonalar va imkoniyatlar taqdim etiş holatlari Suriya bilan öyinda ham köp kuzatilgandi. Qöyidagi suratga e'tibor qaraşingiz mumkin: göyoki butun jamoa bölib himoyalanyapmiz, ammo suriyalik hujumçilarning qariyb yarmi böş:
SeRGeYeV
Murabbiylar almaşaveradi, bu mavzu yöqolmaydi. Keçagi öyinda muxlislar Sergeyevga qarşi huştak çalişdi. Bu esa hujumçini izdan çiqardi. Biz buni Ahmedovning Igorga nisbatan munosabati, özini qölga olişga çaqirganidan ham kördik. Ha, taşqi bosim Sergeyevga salbiy ta'sir qilayotgani bor gap, muxlislarni esa, umuman oqlamayman.
Ammo bilasizmi, futbolçining vazifasi maydonda yuguriş, gol uriş, töp tepişdan taşqari, mana şunday bosimlarni yengiş ham. Aniqroği, mana şunday bosim ostida ham öşa asosiy işini – yuguriş, gol uriş, töp tepiş kabi harakatlarini amalga oşiraverişi kerak. Quloğiga kirib turgan ovozlar uning asosiy işidan çalğitmasligi, şu holatda ham u murabbiy körsatmasini yodda tutib, oçilib borayotgan şeriklarini körib, undan kutiladigan harakatlarni qilişi şart. Ha oson emas, ammo şu holatda u gol urib, muxlislarga «tsss» işorasini qilsa, barakalla.
Yöq, aksi bölsa, futbolçi navbatdagi sinovdan yaxşi öta olmaganini bildiradi xolos, bu muvaffaqiyatsizliklarda boşqalarning aybi yöq. Unga «enagalik qiliş», «tuşunişga uriniş» agar lozim topsa, Kuper yoki Ahmedovga havola, zinhor muxlislar yoki jurnalistlardan talab qilinadigan holat emas. Sergeyevga işonç berildi, avvalo murabbiy va şeriklari tomonidan va agar bu işonç boşqa bosimlar qarşisida kam tuyulgan bölsa, Sergeyev ayni damda terma jamoaga loyiq emas. Şu xolos.
ASOSIY SAVOLLAR
Keyingi yiğinlarda qiziqtirişi mumkin bölgan asosiy savollar:
Kuperning özi ham hujumçilar muammosini tan oldi. Taran va vaziyatlardan yaxşi foydalaniş juda muhim sanaladigan bu uslubda mos hujumçi topa olamizmi?
Ahmedov – Şukurov juftligi maydon markazi uçun tanlangan yakuniy variantmi?
Yuqori jismoniy tayyorgarlik talab qilinadigan bu uslubga asosiy vaqtni klubda ötkazadigan futbolçilarimiz tayyor böla olişadimi? Terma jamoa yiğinlarida ularning jismoniy körsatkiçlarini oşiriş imkoni yöqku?
Indoneziyada töp surgan yoşlar içida qaysi futbolçilar Kuperning rejalarida bölişi mumkin?
XULOSA
Xulosa ölaroq şuni aytiş mumkinki, keça va avvalgi kuni biz körgan mahsulot biz kutilayotgan yillarda tomoşa qilişga majbur böladigan terma jamoamiz emas. Bizga hali tayyor bölmagan mahsulot namoyiş qilindi. Şunçaki, öyinlar Toşkentda, minglab futbol muxlislari qarşisida taşkil qilingani hisobiga ortiqça bosim yuklandi xolos. Aslida, vaziyatga biroz xotirjam qaraşimiz uçun asoslarimiz yetarli.
Yuqorida aytilganidek, öyinimizdagi asosiy tuşunmovçiliklar va raqibning imkoniyatlari yangi murabbiyning ğoyalari töliq singdirib ulgurilmagani va avvalgi murabbiylardan biroz farqli bölgan futbol namoyiş etişga urinilayotgani sababidan yuzaga kelmoqda. Keyingi yiğinlarda biz ijobiy tomonga burilişlarni kuzatişimiz va öyindagi murabbiy falsafasini yanada aniqroq va yanada mukammalroq ijroda körişga umid bildiramiz. Aslida Kuper talab qiladigan öyinga futbolçilarimiz, futbolimizning umumiy saviyasi, jismoniy körsatkiçlar va bugungi salohiyat qay darajada mos, buni ham keyingi yiğinlar körsatadi.