Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Ektor Kuper 1,5 yillik işsizlikdan keyin Afrika qit'asida iş boşladi.

A Bola naşrining yozişiça, argentinalik 65 yoşli mutaxassis Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy oldiga Kongoni Qatarda ötadigan JÇ-2022ga olib çiqiş vazifasi qöyilgan.

Ma'lumot uçun, Kongo milliy jamoasi JÇ-2022 Afrika qit'asi ikkinçi saralaş bosqiçi «J» guruhidan Benin, Madagaskar va Tanzaniya jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Öyinlar sentabr oyidan boşlanadi.

Eslatib ötamiz, Kuper 2019 yilda Özbekiston milliy jamoasidan iste'foga çiqarilgandi. Bungaça argentinalik murabbiy Gruziya va Misr milliy jamoalarida ham faoliyat yuritib, misrliklar bilan birga JÇ-2018ga yöllanma olgandi.