Afrikada ötgan JÇ-2022 saralaş bosqiç sönggi tur öyini ham mojarosiz ötmadi. Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Ektor Kuper boşqaruvidagi Kongo Demokratik Respublikasi milliy jamoasi öz guruhidagi sönggi tur uçraşuvida Benin ustidan 2:0 hisobida zafar quçib, guruh ğolibi sifatida hal qiluvçi ötiş öyinlariga yöllanma olgan edi. Ammo argentinalik tajribali murabbiyning birgina xatosi Kongo DRni JÇ-2022 orzusidan mosuvo qilişi mumkin.
Ektor Kuperning qöpol xatosi
Sönggi 6-tur öyini doirasidagi Kongo DR – Benin uçraşuvidan avval mehmonlar 10 oçko bilan 1-örinda, kongoliklar esa 8 oçko bilan ikkinçi örinda edi. Mezbonlarning ğalabasi Kongoga 1-örinni olib berişi, durang esa mehmonlar foydasiga işlardi. Uçraşuvning 10-daqiqasida Mbokani tortişuvlarga sabab bölgan penaltidan gol kiritib hisobni oçgan bölsa, 75-daqiqada Malango yana bitta gol kiritib, Ektor Kuper jamoasiga işonçli ğalaba keltirgan edi – 2:0. Natijada, Kongo DR milliy jamoasi guruhda oçkolari sonini 11taga yetkazib, 1-örin bilan JÇ-2022 ötiş öyinlariga yöllanma oldi.

Biroq uçraşuvning 90-daqiqasida Kuper zarurati bölmagan vaziyatda köproq vaqt çöziş uçun navbatdagi özgarişga qöl urdi. FIFA reglamentiga köra öyinda 3 urinişda 5ta özgariş qilişga ruxsat bölsa-da, u 4-urinişni amalga oşirib 4-öyinçini maydonga tuşirdi. Qatar-2022 orzusi armonga aylanişini istamagan Benin öyindan keyin raqib tomonidan reglamentning qöpol ravişda buzilganini «uşlab» oldi.

Natijada, bu mojaro Afrika doirasidan ham çiqdi. FIFA çorşanba kuni Kongo DR bilan öyindagi reglamentning qöpol buzilişi böyiça Benin futbol assotsiatsiyasidan şikoyat xati olingani va bu körib çiqilişi haqida ma'lum qildi.
Benin sport vaziri Osvald Xomeki ham BBCga bergan intervyusida, Kongo DR milliy jamoasiga texnik mağlubiyat yozilişiga umid qilayotganini yaşirmadi.
«Kongo DR milliy jamoasining FIFA qoidalarini oçiq-oydin buzgani ustidan şikoyat xati yölladik. Futbolçilarni almaştiriş böyiça qoidalar barçaga yaxşi ma'lum, jazo çoralari ham jiddiy. Benin futbol assotsiatsiyasi FIFAdan öyin qoidalari qöpol tarzda buzilişi böyiça odilona qaror çiqarişni va raqibga belgilangan jazo çoralarini qöllaşni sörab murojaat qildi», - deydi Benin sport vaziri.


















