Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov Toşkentdagi yiğindan keyin «Sport» telekanaliga bergan intervyusida öz vaqtida «Paxtakor» va «Nasaf»ga ötmagani, milliy jamoadagi murabbiylar davri, Italiyadagi faoliyati, «Roma» boş murabbiyi Joze Mourinoning öziga xos jihatlari va Abraham bilan raqobat haqida gapirib ötdi. 

«Paxtakor» va «Nasaf»ga ötmagani hamda agentlari haqida 

Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi suhbat avvalida dastlab «Maş'al»dan nega aynan «Bunyodkor»ga ötganini tuşuntirib, agentlari haqida ham iliq sözlarni aytdi. Eldor Şomurodov 2014 yilgi mavsum oldidan «Maş'al»dan «Bunyodkor» safiga ötgandi. Öşanda Toşkent klubi Şomurodov va Otabek Şukurov uçun Muborak klubiga jami 300 million söm transfer puli tölagan. 

Foto: Bunyodkor FK

- Çindan ham «Paxtakor» va «Nasaf»dan ham qiziqiş va taklif bölgan. Ammo öşanda «Bunyodkor»ga Sergey Luşçan sababli ötganman. Bu murabbiy bilan yoşlar jamoasida qisqa vaqt işlab, qanday murabbiy ekanligini yaxşi bilganman. Şu bois Sergey Ivanoviç boşqarayotgan «Bunyodkor»ga ötgandim. Çunki bu murabbiyga işonganman.  

Agentlarim bilan qaçondan iş boşlaganman? «Rostov»ga köçib ötişimdan bir yil avval iş boşlaganman. Xudoga şukurki, bu borada omadim kelgan, deb ayta olaman. Töğrisini aytsam, agentlarimga özimga işongandek işonaman. Çunki ular bilan boşidan kelajagim haqida rejalar tuzib, hozirgi darajamgaça yetib keldim. 

«Babayan davrida JÇga juda yaqin kelganmiz. Abramov davrida tarkib almaşib ketgandi» 

Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi boş jamoamizni boşqargan murabbiylar davrini taqqoslab, Babayan davrida mundialga yaqin kelganimiz, Kuperga omad yetişmagani, Abramov davriga kelib aksariyat tajribali öyinçilar milliy jamoani tark etib ulgurgani natijaga ta'sir qilgani, Katanetsga esa vaqt kerakligi haqida gapirdi. 

- Milliy jamoada faoliyatimni boşlagan davrga töğri kelgan Samvel Babayan boşqaruvida Özbekiston jahon çempionatiga çiqişga juda yaqin kelgandi. Şu jihatdan ayta olamanki, öşanda yaxşi natijalarga erişganmiz, faqat oxirida nimadir yetişmagan va mundialga çiqa olmagandik.