Bloger Mayo Oşin özining Medium’dagi ustunçasida nima uçun taym-menejment vaqtni befoyda sarflaş ekanini tuşuntirib berdi. Samaraliroq işlaş uçun quvvatni aql bilan yönaltiriş kerakligini tuşuntirdi.

Uzoq va yuqori samaradorlikning siri vaqtni boşqariş va qattiq işlaşda emas, özingizni, aynan quvvatingizni boşqarişda.

Foto: Unsplash

Bir kunda 24 soat vaqtingiz bor. Nima uçun köpçilik bir kunda boşqa odamlarga qaraganda 10 baravar köproq iş bajarişga ulgurişining sababi ular quvvatini yaxşiroq boşqarişi bilan izohlanadi.

«Töliq quvvatli hayot. Quvvatni boşqariş – yuqori samaradorlik, salomatlik va baxt kaliti» kitobida Jim Loer va Toni Şvarts quvvatning bir neça turi borligini aytadi:

Jismoniy: Nafas, uyqu sifati, ovqatlaniş, qayta tiklaniş va tananing jismoniy holati.

Hissiy: Öz-öziga işonç, özini nazorat qiliş, ijtimoiy könikmalar, empatiya.

Aqliy: Aqliy tayyorgarlik, tasavvur, samarali taym-menejment va ijodkorlik.

Ruhiy: Xarakter, qiziqiş, ilhom va haqgöylik.

Quvvatni boşqariş samaradorlik uçun muhim rol öynaydi. Diqqatni vaqtga emas, quvvatga qaratişning boşqa sabablarini örganamiz.

1. Taym-menejment tizimi odamni ayab ötirmaydi

U maşina uçun a'lo darajadagi tizim, ammo odam uçun emas. U quvvatimiz darajasini hisobga olmaydi. Ayonki, kunning turli qismida iş sifatimiz ham har xil. Bu tizim odamlarga xos bölgan mazkur hissiy, aqliy va quvvat omillarini hisobga olmaydi.

Foto: Unsplash