Grenlandiya va Antarktida muzliklari erişining tezlaşişi dengiz suvlari hajmini oşiradi, deyiladi Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda. Bu jarayon Yerning aylaniş tezligini sekinlaştiradi. Biroq Yer hali ham odatdagi tarzdan köra tezroq öqi atrofida aylanmoqda. Global iqlim isişi esa vaqt hisobiga allaqaçon ta’sir qila boşlagan.

Dunyoda muvofiqlaştirilgan universal vaqt tuşunçasi mavjud bölib, uning hisobi Yerning aylaniş tezligiga qarab olinadi va dunyoning asosiy qismida soat hamda vaqtni ölçaşda qöllanadi. Biroq Yerning aylaniş tezligi har doim ham bir xil bölmaydi va bu kun va tunning qançadan davom etişiga ta’sir qilişi mumkin. Sayyoraning suyuq yadrosidagi özgarişlar uning öz öqi atrofida tezroq aylanayotganini körsatyapti.

Bu özgarişni töğrilaş maqsadida 1970 yillardan boşlab global vaqtga 27 sakraş soniyasi qöşilgandi. Lekin 2026 yilda ilk marta global vaqt ölçovidan soniyani ayiriş reja qilinyapti. Bu "salbiy sakraş soniyasi" deb ataladi.

Biroq yangi tadqiqot ma’lumotlariga asosan, muz erişining şiddati Yer öz öqi atrofida aylanişidagi tezlaşuvni qisman qoplagan. Bugun muz qatlamlari bundan 30 yil oldingiga qaraganda 5 baravar tezroq erimoqda. Şuning uçun "salbiy sakraş soniyasi" bilan boğliq özgariş 2029 yilgaça zarur bölmaydi.

Tadqiqot muallifi Kaliforniya universiteti tadqiqotçisi Dungan Agnyuning qayd etişiça, "salbiy sakraş soniyasi" dunyo böylab köplab kompyuter tizimlari uçun muammo tuğdirişi mumkin.

"Bu ilgari heç kuzatilmagan. Dunyo böylab global vaqt infratuzilmalarining bir xil ölçovni körsatayotganiga işonç hosil qilişda qiyinçilik tuğdiradi. Köp kompyuter dasturlari salbiy sakraş soniyalarini ijobiy deb taxmin qiladi, şuning uçun ularni qayta yoziş kerak", deydi Dunkan Agnyu.

Biroq Dunkan Agnyu boşçiligidagi tadqiqotga nisbatan bildirilayotgan şubhalar ham bor.

AQŞ dengiz observatoriyasining vaqt xizmati böyiça sobiq boş olimi Demetrios Matsakisga köra, Yerning harakatiga oldindan aniq işonib bölmaydi. Agar salbiy sakraş soniyasi kerak bölsa, u istalgan paytda qöşilişi mumkin.