Bitta sohada işlaydigan 2 xodimdan biri yönalişida kuçli professional, ikkinçisi esa örta darajada bölişi mumkin. Albatta, bir narsani örganiş va özlaştiriş doimiy mehnat evaziga keladi. Inson 10 ming soatini örganişga sarflasa, qaysidir sohada ekspert darajasiga yetişi mumkin, degan qoida bor.

10 ming soat qoidasi

10 ming soat ğoyasi 1990 yillarda Anders Erikssonning maqolasida ilgari surilgan. Keyinçalik Malkolm Gladvell "Outliers" kitobi orqali 10 ming soat ğoyasini ommalaştiradi. Unga köra, har qanday sohada mutaxassis böliş uçun 10 ming soat yetarli böladi.

Ya’ni, biror sohada muvaffaqiyatga erişişni istagan odam unga yetarliça vaqt sarflasa va e’tibor qaratsa, iqtidor darajasidan qat’i nazar natijaga erişişi mumkin. Bunda aniq maqsadga yönaltirilgan amaliyot olib boriş va inson özi örganayotgan narsasiga kuçli diqqat qarata olişi kerak böladi. Qoidaning muvaffaqiyati ham şunda.

10 ming soat qoidasidagi eng asosiylaridan yana biri qattiq mehnat qilişdir. Albatta, qattiq mehnat bilan harakat qilgan har qanday odam örganayotgan sohasida mutaxassis böla olişi ehtimoli katta. Bundan taşqari, doimiy qattiq mehnat qilgan odamda çidamlilik va öz-özini nazorat qiliş xususiyatlari ham şakllanadi.

10 ming soat qoidasini istalgan yönalişda yangi narsalarni örganiş uçun işlatiş mumkin. Öz ustida işlayotgan rassom ham, biznesini rivojlantirmoqçi bölgan tadbirkor ham, neççidir yil davomida 10 ming soat jismoniy maşq qilişni maqsad qilgan yana bir boşqa odam bu qoidani işlatib körişi mumkin. 

10 ming soat neça kun degani?

10 ming soat 416,67 kunga töğri keladi.

Nimalarni hisobga oliş kerak?

  • 10 ming soat qoidasidan istalgan odam öziga moslangan tarzda foydalanişi mumkin. Bunda:
  • Oldingizga qöygan maqsadingiz real va erişiş imkoni bor bölsin;
  • Kunlik topşiriqlarni mayda bölaklarga taqsimlab oling;
  • Kuçsizlanib qolmaslik uçun doimiy tanaffuslar qiling;
  • Har bir kiçikroq muvaffaqiyatni ham nişonlang;
  • Sizga birga şuğullanişda yaxşi şerik va mentor bölsa, bu ham yaxşi variant;
  • Özingizni mukofotlab turing