Miya – sirli organ. Tadqiqotçilar uning barça murakkabliklarini endigina tuşuna boşladilar. Ularning kaşfiyoti miya qayta sozlaşi mumkin bölgan barça narsalarni biliş imkonini beradi.

Gadjyetlarga işoniş
Ma'lumotlarni eslab qolişda gadjyetlarga qança köp işonsak, ular bizga tobora köproq kerak böladi. Bu “kognitiv işga tuşiriş” deb nomlanadi. Tadqiqotlardan birida ma'lumot oliş uçun avval internetdan foydalangan iştirokçilar yod olişni xuş köradiganlarga qaraganda Google’ga köproq qaytişgan. “Tadqiqotlar şuni körsatadiki, xotiramizni qöllab-quvvatlaş va kengaytiriş uçun internetdan qança köp foydalansak, unga tobeligimiz şunça ortib boradi. Agar ilgari eslab qolişga harakat qilgan bölsak, endilikda bunga urinib ham körmaymiz”, - deydi Santa-Kruzdagi Kaliforniya universitetidagi tadqiqot muallifi Benjamin Ştorm.
Fazogirning miyasi
Fazoda bir neça hafta yoki oyni ötkazgaç, fazogir miyasida qanday özgarişlar sodir böladi? Olimlar fazogirlarning Xalqaro fazo stansiyasiga borişidan oldin va keyin miyasini örgandilar. Ularning aniqlaşiça, boş çanoğidagi miya yuqoriga joylaşadi va köriş markazlari aziyat çekadi. Biroq bu uzoq uçişlar vaqtidagina yuz beradi: fazoda bor-yöği ikki hafta bölgan fazogirlarda bunday özgarişlar kuzatilmagan.

Siqiliş
Köpçilik depressiya miya uçun böğimlardagi artrit kabi kasallik ekani haqida hatto şubha ham qilişmaydi. Nature jurnalida çop etilgan tadqiqot natijalari depressiyadan aziyat çekuvçi kişilarning miyasidagi oq moddadagi özgarişlarni qayd etdi. Oq moddadagi özgarişlar hissiyot va fikrlarni bayon etişdagi muammolar bilan boğliq.
Oçlik
Muayyan interval bilan oç qoliş özining tana va miyaga ğaroyib ta'siri bilan maşhur. «Oçlik miyani juda köp jihatdan özgartirişi mumkin, deydi Janubiy Karolinadagi Klemson Universitetidan Benjamin Xardi. – U miya hujayralari soni va miya sohasidagi neyronlar bilan aloqa qiladigan, xotira, örganiş va yuqori biliş funksiyalarini bilan aloqa qiladigan oqsil, neyrotorfik omil (BDNF) sonini oşiradi. BDNF darajasining pasayişi Altsgeymer kasalligida xotirani yöqotiş va kognitiv buzilişlar bilan boğliq.
















