Nevrolog Endryu Lim boşçiligida Kanadadagi Sunnybrook soğliqni saqlaş markazi olimlari tomonidan uyqu faoliyati bilan boğliq tadqiqot ötkazildi. Unda 600 nafardan ortiq keksalar ustida kuzatuv olib borildi.
Tadqiqot iştirokçilari bir neça yillar davomida uxlaş vaqtida boşlariga aqlli soatlarga öxşaş maxsus qurilmalarni taqib yotdi. Gadjetlar orqali inson tanasining uyqudagi faoliyati qayd etib borildi. Respondentlar vafotidan söng öz miyasini köngilli tarzda ilmiy tadqiqotda foydalanişga topşirdi. Bu esa olimlarga miya hujayralarini çuqur tahlil qiliş imkonini berdi.
Natijalar şuni körsatdiki, uyquda bezovta böladigan va tez-tez uyğonib ketadigan insonlarning miyasida peritsitlar deb ataluvçi muhim hujayralar miqdori sezilarli darajada kamayadi. Bu hujayralar boş qismdagi eng kiçik qon tomirlarni örab turadi va miya qon oqimini nazorat qiladi. Şuningdek, ular qon bilan miya örtasidagi moddalar almaşinuvini ta’minlaydi.
Peritsitlar miqdori ozayganda qon aylanişi yomonlaşadi, miya töqimalari yetarli oziqlanmaydi, bu esa xotira, diqqat, fikrlaş kabi kognitiv funksiyalarni pasaytiradi
Ilgari olimlar demensiya yoki alsgeymer kasalligiga çalingan odamlar uxlay olmaydi, uyqusi buziladi, ya’ni uyqusizlik – kasallikning natijasi deb xulosa berar edi. Yangi tadqiqot esa mazkur xastaliklar uyqu buzilişi tufayli paydo bölişi, yani uyqusizlik sabab ekanini körsatmoqda.
Mutaxassislar uyqu sifatini yaxşilaşni tavsiya etmoqda. Bu orqali faqatgina dam oliş emas, miya salomatligini saqlaş va demensiyaning oldini oliş mumkinligi qayd etilgan.
“Uxlaganimizda miya özini tiklaydi. Bu jarayon buzilsa, uning faoliyati asta-sekin izdan çiqadi”, - deyiladi tadqiqot xulosasida.













