Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol ushlandi. U o‘z chaqalog‘ini sotib yuborgan
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha tergov organlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 27 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi. U Rossiya Jinoyat kodeksining 127.1-moddasi 2-qismi «b, z» bandlarida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Jinoiy ish materiallarida aytilishicha, 2018 yilning 12 sentabr kuni gumonlanuvchi Korablestroiteli ko‘chasida joylashgan uylardan birining yonida 2018 yil 7 sentabr kuni tug‘ilgan o‘z o‘g‘lini 280 ming rublga sotib yuborgan. Xaridor sifatida o‘zini tanishtirgan politsiya xodimi tezkor-tergov tadbirlarida ishtirok etdi, natijada ayol kishi qo‘lga olindi.
Ayni damda gumonlanuvchini hibsga olish va unga ayblov qo‘yish masalasi hal qilinmoqda.
Bola tegishli bolalar muassasasiga joylashtirildi. Jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
09:34 / 18.04.2026
Toshkentda odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi
08:52 / 02.04.2026