O‘zbekiston va AQSh iqtisod hamda moliya sohalarida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Shu yilning 12 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bosh vazir o‘rinbosari - moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va AQSh davlat kotibi yordamchisining iqtisod va biznes bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen, iqtisod va biznes ishlari bo‘yicha Byuro xodimi Yan Sheridan, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev hamda boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ijobiy o‘sish kuzatilayotgani B.MakFiters tomonidan alohida ta'kidlab o‘tildi. U o‘z chiqishida shunday dedi:
«Tashrifimizdan asosiy maqsad bu - mamlakatlarimiz o‘rtasida boshlangan yangi strategik sherikchilik bosqichini davom ettirish. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi boshlangan hamkorlikning yangi davrini juda qadrlaymiz. Ochig‘ini aytganda, sizning yurtingiz moliya - iqtisod sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar bizni lol qoldirmoqda. Bu soliq tizimi va xususiy sektorda berilayotgan imtiyozlar jarayoni bo‘ladimi, yoki investitsion sohada mavjud ulkan imkoniyatlar bo‘ladimi, bularning barchasini biz katta qiziqish bilan kuzatmoqdamiz».
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17 may kunlari AQShga qilgan yuqori darajadagi rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida miqdori 4,8 mlrd dollarga teng 20dan ortiq shartnomalar imzolandi.
Ushbu tashrif o‘zaro muloqotni qayta rivojlanishiga turtki berdi. Tashrif yakunlari buning yaqqol dalilidir.
Mehmonlarga amalga oshirilayotgan islohotlarning istiqbollari borasida ma'lumot berildi. Xususan: qishloq xo‘jaligi va energetika sohasini yanada takomillashtirish va isloh qilish; mahsulotlar narxini tartibga solish.
Shuningdek, tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlanishini hamda konstruktiv muloqotni davom ettirishga qaratilgan o‘zaro intilishni juda qadrlashlarini alohida ta'kidlab o‘tdilar.
2018 yil 1-yarim yilligi yakuniga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash 256,8 mln dollarni tashkil etdi (eksport – 14,7 mln dollar, import – 241,1 mln dollar).
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024