O‘zbekiston | 16:14 / 13.09.2018
7704
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollari o‘rtasida ilk bor biznes forum tashkil etildi

Joriy yilning 12 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi davlat kotibi, prezident huzuridagi Ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdikalikova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibiga Qozog‘iston Respublikasi Parlament Majlisining deputat ayollari, Qozog‘iston ayollar ittifoqi – Qozog‘iston tadbirkorlari jamoatchilik birlashmasi, Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi turizm sanoati qo‘mitasi vakillari hamda mamlakatning turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan ishbilarmon ayollar kirgan. 

Ushbu tashrif doirasida ikki davlat ishbilarmon ayollari o‘rtasida ilk bor Biznes-forum hamda qo‘shma kooperatsion birja tashkil etilmoqda. 

Biznes-forum ayollarning ishbilarmonlik mavqelariga munosib baho berish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarga birgalikda yechim topish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha fikr va tajriba almashish borasida muhim ahamiyatga ega. Biznes-forum O‘zbekiston va Qozog‘iston ayollariga bir-biri bilan yaqindan tanishish, tadbirkorlik sohasidagi innovatsion yangiliklar bilan o‘rtoqlashish hamda biznesni yuritish bo‘yicha ko‘nikmalar almashish imkonini berdi. 

Tadbir doirasida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Qozog‘iston prezidenti huzuridagi ayollar va oilaviy-demografik siyosat ishlari bo‘yicha Milliy komissiya o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolandi.

Caption
Caption

Memorandum tomonlar o‘rtasida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘mak berish, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida imzolangan.

Mavzuga oid