Yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘layotgan «Sport haftaligi» davom etmoqda
Yoshlarni jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning ommaviylashgan va olimpiya turlarini rivojlantirish, yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yosh avlodning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi joriy yil hisobidan sportga doir ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi.
Jumladan, joriy yilning 10-20 sentabr kunlari Respublikamizning barcha hududlarida «Sport haftaligi»ni o‘tkazish ham ana shunday samarali loyihalardan biri deyish mumkin.
Haftalik davomida yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, badiiy gimnastika, velosiped sport turi bo‘yicha marafon, futbol, yugurish, mini futbol, kurash, basketbol kabi bir qator musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.
«Sport xalqning o‘ziga ishonchini oshiruvchi, jipslashtiruvchi jabhadir, uning o‘zi emas, albatta, undagi g‘alabalar millatni g‘ururlantiradi» shiori ostida o‘tkazilayotgan haftalik yoshlarning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Haftalik 20-sentabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
17:48 / 28.09.2019
«Qolipga solingan fikrlar yoshlarga qiziq emas» - Yoshlar ittifoqini o‘zgartirishga intilayotgan Alisher Sa’dullayev bilan suhbat
15:50 / 25.06.2019
Namanganliklar «Yoshlar va qonun» tanlovida peshqadam bo‘ldi
15:59 / 17.06.2019
Zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun «Digital Generation Camp» yozgi oromgohi tashkil etildi
15:46 / 15.06.2019