Ortiqcha harakatlarsiz to‘g‘ri ovqatlanishning 6 usuli
Sog‘lom turmush tarziga amal qilish hozir ayniqsa juda muhim. Biroq ko‘pchilik uchun to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tish o‘ta muammoli bo‘lib, o‘zini huzurdan mosuvo qilishdek gap. Bugun ortiqcha harakatlarsiz to‘g‘ri ovqatlanish haqida so‘z yuritamiz. Bu sizga o‘zingizni yaxshiroq his qilish, shu bilan birga ko‘p narsalardan cheklanmaslikda yordam beradi.
Kichik likopchalardan tanovvul qiling
Zamonaviy jamiyatning muammolaridan biri – ortiqcha yeyish. Oshqozonimiz - kerak bo‘lganida cho‘zilish qobiliyatiga ega mushak. Bir xil porsiyani kichik yoki katta likopdan iste'mol qilganimizda turlicha idrok etamiz. Katta likopda u kichigiga qaraganda kam bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun yana biror narsa yegimiz keladi: bu jismoniyga qaraganda ko‘proq ruhiy holat.
Yoningizda suv olib yuring
Ishlayotganimizda ongsiz holatda biror narsa ichamiz yoki yeymiz. Bu choy, qahva yoki limonad bo‘lishi mumkin. Ushbu ichimliklar esa har doim ham foyda keltirmaydi. Suvni afzal bilgan ma'qul. Yoningizga bir butilka suv qo‘ying. Bu - foydali odat.
Kontrast likoplardan foydalaning
Agar likop ovqat bilan bir rangda bo‘lsa, miyangiz porsiyani o‘zi istamagan holda kamroq deya idrok etadi. Chunki ovqat idish bilan “birlashib ketadi”. Yorqin likoplarni afzal biling: masalan, yashil rangdagisini. U bir tomondan ko‘pchilik mahsulotlar, boshqa tomondan ko‘katlar bilan kontrast bo‘ladi. Ko‘katlarni ko‘proq iste'mol qilish esa foydali.
Foydali mahsulotlar yoningizda, zararlisi – uzoqroqda bo‘lsin
Och qolganimizda qo‘l ostimizdagi mahsulotlarga qo‘l cho‘zamiz. Agar bu konfet va pechene emas, biror foydali yegulik bo‘lsa, yanada yaxshi. Meva, yong‘oqlar, sabzavotlarni tanlagan ma'qul.
Yarim likop qoidasi
Portsiyaning birinchi yarmini sabzavot, ko‘kat va mevalarga, qolganini odatiy yeguliklarga almashtiring.
“Tashqi uzuk” qoidasidan foydalaning
Foydali yegulik supermarket perimetrida joylashadi. Shirinliklar, chipslar esa aksincha ichkarida bo‘ladi. Do‘kon bo‘ylab maqsadsiz yurmang, uni aylana bo‘ylab kezib chiqing: kamroq narsa olasiz, shu yo‘l bilan byudjyetni tejaysiz va zararli mahsulotlarni xarid qilmaysiz.
Siz to‘g‘ri ovqatlanasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa, buni istarmidingiz?
Mavzuga oid
15:19
Ularni har kuni yutamiz: havoni ifloslantiruvchi 10 ta eng zararli modda
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
16:09 / 04.11.2024