Honkong politexnika universiteti tadqiqotçilari majong öyini keksalarning kognitiv qobiliyati, xotirasi va hissiy holatiga ijobiy ta’sir qilişini aniqladi. Natijalar The Journal of Prevention of Alzheimer’s Disease Article jurnalida e’lon qilingan.
Majong — an’anaviy xitoyça öyin bölib, maxsus toşlardan foydalaniladi va öyinçilardan diqqat-eʼtibor, kuçli xotira hamda ziyraklik talab etiladi. Bu öyin Xitoy, Yaponiya va Osiyoning boşqa bir qator mamlakatlarida keng tarqalgan. Musobaqa tört iştirokçi örtasida ötkaziladi, bunda har bir öyinçi oçko töplaş orqali ğoliblik kombinatsiyasini yiğişga intiladi.
Honkonglik olimlar jamoasi majongning keksa köngillilarga ta’siri böyiça ilgari ötkazilgan 53 ta tadqiqotni tahlil qildi. Natijalarga köra, muntazam ravişda majong öynaş xotirani mustahkamlaydi, aqliy qobiliyatlarni yaxşilaydi va tuşkunlikka qarşi kuraşişda yordam beradi.
Olimlar, şuningdek, majong öyini bilan şuğullaniş keksalarga ijtimoiy faol bölişda yordam berişini qayd etdi. Tajribali öyinçilar, ayniqsa 60 yoşdan oşganlar, öynamaydigan tengdoşlariga qaraganda yaxşiroq koordinatsiyaga ega böladi va köproq ijtimoiy aloqalarni saqlab qoladi. Bu aloqalar kognitiv buzilişlar xavfini kamaytirib, soğlom ruhiy holatni uşlab turişga kömaklaşadi.
Avval olimlar miya qarişini sekinlaştirişning yetti usulini ma’lum qilgandi. Ular miya qarişiga nafaqat irsiyat, balki turmuş tarzi ham ta’sir körsatişini ta’kidlagan.











