Jamiyat | 17:00 / 15.09.2018
6034
3 daqiqa o‘qiladi

«Tarbiya» jurnali nima maqsadda tashkil etilmoqda?

15 sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqida tuzilgan Maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 26 kishidan iborat san'at, fan, madaniyat, ishlab chiqarish, sport sohalarida uzoq yillar faoliyat yuritgan tajribali faxriylar va mas'ul xodimlar ishtirok etdi.

Maslahat kengashi kun tartibida qator masalalar qo‘yildi. Dastlab Kengashining 4 oylik ish rejasi muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Shundan so‘ng, Maslahat Kengashi qoshida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan «TARBIYa» jurnalini tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Jurnal mazmun-mohiyati Kengash a'zolari o‘rtasida muhokama qilindi.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Maslahat kengashi jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni, ijtimoiy va ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashda Yoshlar ittifoqiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Maslahat kengashi tomonidan yoshlarni salbiy illatlardan himoya qilish maqsadida ular bilan «Kecha va bugun», «Oltin olma — duo ol!», «Yaxshi farzand ota-onasini to‘rga chiqaradi...», «Mahallangni faxri bo‘l!» kabi turkum mavzularda mehnat faxriylari va yoshi ulug‘ nuroniylar bilan davra suhbatlari tashkil qilinadi. Yoshlar tarbiyasining bugungi dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishda mahallalardagi yoshi ulug‘ nuroniylar ko‘magidan foydalanishning eng maqbul usullari yuzasidan yo‘riqnoma ishlab chiqiladi.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Qolaversa, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni nosog‘lom oilaviy muhit tufayli qayta adashib qolmasligining oldini olish maqsadida mahalliy Kengashlar qoshidagi Maslahat kengashi a'zolari profilaktik ro‘yxatda turgan yoshlarga mas'ul etib biriktiriladi. Qolaversa, Maslahat Kengashi a'zolari yoshlarni kitobxonlikka qaytarishning an'anaviy va zamonaviy usullarini ham ishlab chiqishni rejalashtirgan.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid