Jamiyat | 20:10 / 16.09.2018
48911
4 daqiqa o‘qiladi

Mashhur Tizer ichimligi endi O‘zbekistonda. Futbol ishqibozlarini ajoyib aksiya kutmoqda

14-sentabr kuni poytaxtdagi “Bobur” biznes markazida yangi Tizer alkogolsiz, salqin ichimligining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda keng jamoatchilik vakillari, jumladan, san'at, sport sohasining taniqli vakillari, o‘zbekistonlik va xorijdan tashrif buyurgan tadbirkorlar, investorlar ishtirok etishdi.

Jumladan, mehmonlar orasida futbol bo‘yicha jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov, Avstriyadagi “Esarom” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh menejyeri Alla Brodyanskaya, 2007 yilning  Osiyodagi eng yaxshi futbol murabbiyi Rauf Inileyev, sobiq futbolchi Azamat Abduraimov va boshqa taniqli shaxslarni uchratish mumkin edi.


Tadbir mehmonlari O‘zbekistonda yangi brend hisoblangan Tizer va respublikada tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Alkogolsiz, salqin ichimlik turiga kiruvchi Tizer brendi dunyo miqyosida urfga kirib kelayotgan mahsulotlardan biridir.

Tizer energiya  baxsh etuvchi, gazlangan ichimlik, ammo u turli energiya beruvchi qo‘shimchalardan xoli hisoblanadi.

 

Ta'kidlash o‘rinliki, energetik ichimliklarning ta'siri o‘tgach kishida charchoq, uyqusizlik, asabiylik va tushkunlik kabi holatlar paydo bo‘ladi. Me'yoridan ortiq iste'moli organizmda taxikardiya, psixomotor qo‘zg‘alish, asabiylik va tushkunlik kabilarning surunkali tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘pgina quvvat beruvchi ichimliklarda uchraydigan V vitamini ko‘pligi tufayli iste'molchida vaqt o‘tishi bilan yurakning tez urishi, bo‘g‘inlarda uvishish kabi holatlar paydo bo‘lishi mumkinligini inobatga olsak, bunday qo‘shimchalardan xoli Tizer‘ni barcha yoshdagi insonlar iste'mol qilishi mumkin.

Taqdimot davomida Toshkent shahar Sirg‘ali tumani sanoat zonasida joylashgan korxona faxrli mehmonlarning ramziy start tugmasini bosishi bilan mahsulot ishlab chiqarishni boshladi.

 

Korxona bir oyda 10.000.000 va yiliga 110.000.000 ichimlikni qadoqlab chiqarish quvvatiga ega.

Unda 100 dan ortiq xodimlar doimiy ish bilan ta'minlangan.

Korxona rahbari A'zam Mirhidoyatovning Kun.uz muxbiriga bildirishicha, Tizer salqin ichimligini eksport qilish bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgan va kelgusida eksportning qamrov darajasi yanada kengayadi.

Taqdimotda Tizer‘ning maxsus “Chempionlar ligasi”aksiyasi boshlanganligi haqida ham ma'lumot berildi. Unga ko‘ra, 2018 yilning 10 sentabridan 2019 yilning 10 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu aksiya o‘tkaziladi. Aktsiya ishtirokchilari Tizer savdo belgisi tomonidan taqdim etilayotgan turli yutuqli sovg‘alar va futbol bo‘yicha Chempionlar ligasining final o‘yinida qatnashish uchun Yevropaga unutilmas safarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Aktsiya ishtirokchisiga aylanish uchun maxsus qopqoqli Tizer salqinlantiruvchi ichimligini sotib olish va qopqoq ostiga berkitilgan 2018-2019 yillarda UYeFA Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi Yevropa klublari nomlarini topish hamda 32 ta klubning barchasini to‘plash zarur.

Aktsiya ishtirokchilari barcha 32 ta top klubni to‘plab, 2019 yilning 1 iyunida Ispaniyaning Madrid shahridagi “Vanda metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Chempionlar ligasining final o‘yini uchun 20 ta yo‘llanmadan birining g‘olibiga aylanishi mumkin.


Aktsiyaning har bir ishtirokchisi flayerlarda ko‘rsatilgan barcha mukofotlarni yutib olishlari mumkin.

Taqdimot davomida mehmonlar bayramona dasturxon atrofida Tizer ichimligidan tatib, unga baho berish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tadbir Uzreport telekanali orqali jonli efirda namoyish etib borildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid