Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple iPhone chiqarilish jadvalini o‘zgartirdi - endi taqdimotlar yiliga ikki marta bo‘ladi
Apple sakkiz yildan beri o‘zgarmay kelgan iPhone taqdimoti tizimini yangilashga qaror qildi. Bloomberg insayderi Mark Gurman bergan ma’lumotlarga ko‘ra, endi kompaniya iPhone’larni ikki bosqichda - kuzda va bahorda chiqaradi. Avvallari barcha asosiy modellarning taqdimoti sentabr oyiga jamlangan bo‘lar edi. Yangi tizim esa iPhone ishlab chiqarish, marketing va ta’minot jarayonlarini yanada muvozanatli qilishi kutilmoqda.
Yangilangan jadvalga ko‘ra, 2026 yil sentabr oyida iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va Apple’ning ilk buklanuvchi smartfoni bo‘lishi kutilgan iPhone Fold taqdim etiladi. 2027 yil bahorida esa asosiy iPhone 18, budjet segmenti uchun mo‘ljallangan iPhone 18e va ultra yumshoq korpusga ega bo‘lishi aytilayotgan iPhone Air 2 chiqariladi. Ilgariroq iPhone Air 2 bekor qilindi degan mish-mishlar tarqalgan edi, ammo aslida model yangi grafik tufayli keyingi yil bahoriga ko‘chirilgan xolos.
2027 yil iPhone tarixi uchun muhim sana — smartfon ishlab chiqarila boshlanganiga 20 yil to‘ladi. Shu sabab Apple mutlaqo yangi ko‘rinishdagi model ustida ishlayotgani aytilmoqda. Yubileyga mo‘ljallangan iPhone shisha egri korpus, ko‘rinmaydigan old kamera va minimalistik futuristik dizayn bilan taqdim etilishi mumkin.

Yangi yarim yillik taqdimot tizimi Apple strategiyasining katta o‘zgarishlar bosqichiga o‘tayotganini ko‘rsatadi. Olti oyda bir marta yangi model chiqarilishi bozorni jonlantiradi, foydalanuvchilar uchun esa tanlov imkoniyatini oshiradi. Yubiley modelining dizayni esa iPhone tarixida navbatdagi yirik burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
14:10 / 15.11.2025
Financial Times: Tim Kuk Apple’ni tark etishi mumkin. Uning o‘rnini kim egallaydi?
21:42 / 08.10.2025
Har bir mahallada favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari targ‘ib etiladi
20:58 / 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
20:33 / 27.10.2023