Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqiy Osiyoga «super tayfun» yopirildi. Filippinda tabiiy ofat qurbonlari soni oshmoqda
Sharqiy Osiyoga kirib kelgan «Manghut» to‘foni tufayli Filippinda kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatmoqda.

Qurbonlarning aksar qismi mamlakat shimolidagi tog‘li hududlarga to‘g‘ri keladi.
Filippinning falokatlar xavfini kamaytirish milliy kengashi (NDRRMC) vakili Edgar Posadasning aytishicha, ayni vaqtda tabiiy ofat avjga chiqadigan hududlarda evakuatsiya o‘tkazilmoqda.
To‘fon tufayli 800 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.
Hozirda to‘fon Xitoy va Hongkong tomon harakatlanmoqda.
To‘fon tufayli Xitoy va Filippin XXR Tashqi ishlar vaziri Van Ining 16 sentabr kuni Manilaga amalga oshirishi kerak bo‘lgan tashrifini qoldirishga majbur bo‘ldi.
Shuningdek, 150ga yaqin reyslar bekor qilingan, shundan 3tasi xalqaro reyslar edi.
Xitoy Meteorologiya markaziy ma'lumotiga ko‘ra, «Manghut» bugun Xitoyning Guandun provinsiyasiga yetib keladi.
«Manghut» shamolining maksimal tezligi soatiga 270 kilometrni tashkil qilib, superto‘fon sifatida tasniflangan.






Mavzuga oid
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026
Haaga sudi Filippin sobiq prezidenti ishi bo‘yicha eshituvlarni boshladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
11:46 / 17.11.2025