Haagadagi Xalqaro jinoiy sud duşanba, 23 fevra kuni Filippinning sobiq prezidenti Rodrigo Dutertega nisbatan qöyilgan ayblovlarni tasdiqlaş böyiça eşituvlar seriyasini oçdi. Dpa agentligi xabar berişiça, u mamlakatda 2011–2019 yillar oraliğida olib borilgan narkojinoyatçilikka qarşi kampaniya davomida kamida 78 ta qotillikda ayblanmoqda.
80 yoşli sobiq prezident Niderlandiyada qariyb bir yildan beri hibsda saqlanmoqda. Himoya tomonining iltimosnomasiga köra u birinçi eşituvga kelmadi, sud bu iltimosnomani qanoatlantirgan.
XJS binosi oldidagi namoyişga Duterteni qöllovçilar ham, unga qarşi bölganlar ham çiqqan.
«U qotilliklarga ruxsat bergan va ba’zi qurbonlarni şaxsan tanlagan», — dedi XJS prokurorining örinbosari Mame Mandiayye Niang. Uning sözlariga köra, Rodrigo Duterte narkotiklar savdosi yoki iste’molida gumon qilinganlarga nisbatan sudsiz qatllarda hal qiluvçi rol öynagan — avval Davao şahri meri sifatida, 2016 yildan esa mamlakat prezidenti sifatida.
XJS prokuror örinbosari Haagada eşituvlar boşlanişini «hokimiyatda turganlar ham qonundan ustun emasligini eslatib turuvçi voqea» deb atagan.
Bir hafta davom etadigan eşituvlar yakunida XJS sudyalari Dutertega qarşi töliq sud jarayonini boşlaş kerakmi-yöqmi, şu haqda qarorga kelişi lozim. Qaror may oyida çiqarilişi kutilmoqda.
Filippin sobiq prezidentining advokati Nikolas Kaufman ayblovlarni rad etib, ularni «nihoyatda asossiz va siyosiy sabablarga köra qözğatilgan» deb atadi. «U jamiyatga xizmat qilişga özini bağişlagan, hayotini qonun va tartibga bağişlagan inson», — dedi Kaufman filippinlik siyosatçi haqida. U Duterteni «xalq prezidenti» sifatida tavsiflab, u doim kambağal qatlam manfaatlarini himoya qilganini aytgan.
Rodrigo Duterte Davao meri va keyinçalik Filippin prezidenti bölgan davrda narkojinoyatçilikka qarşi uzluksiz kuraş olib borgan. Huquq himoya taşkilotlari baholaşiça, bu kampaniya qurbonlari soni taxminan 30 000 kişini taşkil etgan. 2025 yil mart oyida Duterte XJS orderi asosida Filippinda uşlangan va Haagadagi sudga topşirilgan.








