G‘uzorlik kam ta'minlangan va nogiron fuqarolarga tikuv mashinalari berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq qabulxonalarining tashkil etilishidan maqsad fuqarolarning dard-u tashvishlari, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish, ularga yechim topish edi. Bugungi kunga kelib xalq qabulxonalari orqali o‘z muammolariga yechim topayotgan fuqarolar soni ortmoqda.
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hokimligi va Qarshi shahrida joylashgan “Sanam” tikuvchilik fabrikasi hamkorlikda tumanda istiqomat qilayotgan, kam ta'minlangan va nogironligi bor fuqarolarga tikish mashinasi, turli gazlamalar va tikuvchilik uchun zarur bo‘lgan uskunalar topshirildi.
Ana shunday fuqarolardan biri Boboyeva Zaytuna. U 2012 yildan buyon 1-guruh nogironi. Turmush o‘rtog‘i Sherzod aka ham nogiron, ikki ko‘zi ko‘rmay qolgan. Boboyeva Zaytunaning qo‘lidan ozmi-ko‘pmi tikuvchilik keladi. Ushbu oilaga tikuv mashinasi taqdim etildi va “Sanam” fabrikasidan tashrif buyurgan mohir tikuvchilar unga yangi andozalar bo‘yicha master-klass o‘tib berishdi.
Tumanning Sherali QFYda yashovchi Rahmonova Feruza bolalikdan 1-guruh nogironi. Unga ham tikuvchilik qilishi uchun tikuv mashinasi, gazlamalar va zarur uskunalar taqdim etildi.
- Bu ikki fuqaro xalq qabulxonasiga tashrif buyurib, oilaviy sharoitlari og‘irligini, qo‘llarida hunarlari borligini, ish yuritib olishlari uchun turtki zarurligini aytishdi, - deydi G‘uzor tumani hokimi Sa'dulla Boboqulov. – Biz ularga tikuv mashinalari taqdim etdik. Mohir tikuvchilar ularga tikish va bichish sirlarini o‘rgatishdi. Kelajakda ham bu va shunga o‘xshash xonadonlar holidan xabar olib, ularni oilaviy biznesga yo‘naltirishni maqsad qilganmiz.
Mavzuga oid
07:50 / 10.10.2024
Qashqadaryoda Mercedes-Benz va Labo ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
07:55 / 18.05.2024
Qum qazib olib, davlatga 357 mln so‘m zarar yetkazgan fuqaro ushlandi
17:46 / 24.09.2020
O‘zbekiston «G‘uzor – Regar» elektr uzatish tarmog‘ini tiklash ishlarini boshladi
10:24 / 09.05.2020