Energetika va suv resurslari muvozanatini saqlaş, iste'molçilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlaş borasida Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda bir qator investitsion loyihalar amalga oşirilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «Özbekiston Respublikasida 500 kV.li «Ğuzor – Regar» (L-507) elektr uzatiş tarmoğini tiklaş» investitsion loyihasi amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida 500 kV.li «Ğuzor – Regar» (L-507) elektr uzatiş tarmoğining Özbekiston hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 25 million AQŞ dollarni taşkil etadi.
Xalqaro tender tanlovlari natijalariga köra, Xitoyning Shanghai Electric Power Transmission & Distribution kompaniyasi ğolib deb topildi va mazkur investitsion loyiha uşbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
Loyiha Tojikiston va Özbekiston örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyasi bayonnomasi asosida amalga oşirilmoqda. Loyiha Özbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining parallel işlaşi vaqtida elektr energiyasi işonçliligini ta'minlaşga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.









