18:31 / 18.09.2018
5413

Yaponiya klubi Osiyo Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqdi

Foto: The AFC

Osiyo Chempionlar Ligasi Sharqiy hududida 1/4 finalning javob bahslari o‘tkazildi.

Xitoyning «Tyantszin Tsyuanzyan» klubi o‘z maydonida Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi bilan bellashib, 0:3 hisobida yutqazdi. Dastlabki o‘yinda yaponiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgani bois, «Kashima» yarimfinal yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Kecha, 17 sentabr kuni Eronning «Persepolis» va Qatarning «As-Sadd» klublari yarimfinalga chiqishgan edi.

OChL, 1/4 final, javob bahslari
G‘arbiy hudud

17 sentabr
Persepolis (Eron) - Ad-Duxail (Qatar) - 3:1
Gollar: Husayniy (57), Al-Burayk (76 avtogol), Mensha (78) - Budiaf (33)
Dastlabki o‘yin: 0:1

As-Sadd (Qatar) - Istiqlol (Eron) - 2:2
Gollar: Afif (27), Bunedjah (90+2 pen) - Baqiriy (32), Tabriziy (49)
Chetlatish: Chashmiy (50, Istiqlol)
Dastlabki o‘yin: 3:1

Sharqiy hudud:
18 sentabr
Tyantszin Tsyuanzyan (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya) - 0:3
Gollar: Serxio (13), Abe (27), Doi (66)
Dastlabki o‘yin: 0:2

19 sentabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Chonbuk Motors (Janubiy Koreya)
Dastlabki o‘yin: 3:0

Mavzuga oid
Top