Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan «Ochiq osmon ostidagi savdolar»da 2 kun ichida 100 dona avtomobil sotdi
Foto: GM Uzbekistan
GM Uzbekistan 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Ochiq osmon ostidagi savdolar”da respublika bo‘ylab 100 dona avtomobil sotilganligini ma'lum qildi.
Shulardan 38 dona "Cobalt", 30 dona "Lacetti", 28 dona "Spark" va 3 dona "Nexia" avtomobillaridir.
Savdo bo‘yicha faollik Toshkent, Buxoro, Namangan, Qo‘qon hamda Farg‘ona shaharlarida qayd etilgan.
Bundan tashqari, Toshkentdagi avtosalonlardan birida bir dona "Malibu" avtomobili ham sotildi. Eslatib o‘tamiz, “Ochiq osmon ostidagi savdolar”ga qo‘yilgan barcha avtomobillar “45 daqiqada avtomobil!” aksiyasi bo‘yicha sotuvga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024