Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan ayrim avtomobil modellarining yetkazib berish muddatlarini qisqartirdi
GM Uzbekistan AJ avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi oshirilayotgani va ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida dastlabki bosqichda «Lacetti» (1 poz.), «Cobalt» (2 poz.) va «Nexia» (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, «Lacetti» (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqarib, bu haqda qo‘shimcha ravishda xabardor qilib boriladi.
Kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga o‘tmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Captiva ishlab chiqarishni to‘xtatayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023