Sport | 19:57 / 18.09.2018
6327
1 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘qon-1912» O‘zbekiston Kubogi yarimfinaliga chiqdi

Foto: FC Qo'qon-1912

O‘zbekiston Kubogida chorakfinal o‘yinlari boshlandi.

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikkala gol ham Suhrob Berdiyev hisobiga yozildi.

Natijada «Qo‘qon-1912» yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Kubogi, 1/4 final
18 sentabr, Qo‘qon 
Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) - Qizilqum (Navoiy) - 2:0
Gollar
: Suhrob Berdiyev (16, 77)

Mavzuga oid