Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reanimatsiya bo‘limining kutish zalida ikki fuqaroni aldab ketgan shaxs 5 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida firibgarlik bo‘yicha ish ko‘rib chiqildi.
Ma'lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Sh.B 2018 yilning 4 may kuni soat taxminan 13:00da, Yashnobod tumanida joylashgan I.Ergashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limining kutish zalida M.Teshabayevaning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 8 million so‘mlik «Samsung Note 8» rusumli telefon aparatini foydalanish uchun olib, voqea joyidan yashiringan.

U o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu yilning 14 iyun kuni soat 07:30da Yashnoboddagi klinik shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi kutish zalida D.Aliyevaning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 2,4 mln so‘mlik «Iphone s6» rusumli telefon aparatini Aliyevaning reanimatsiyada yotgan o‘g‘liga berib qo‘yishini aytib olgan va voqea joyidan yashiringan.

Sud tomonidan Sh.B.ga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 168-moddasi («Firibgarlik») 3-qismining «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga shu modda bilan, 5 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026