Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pista yog‘i uchun berilgan 43 500 dollarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yil 17 sentabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 12 maydan 12 iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro B.K. Jo‘nariq mahallasida fuqaro A.I. va B.R.ga 1 litr pista yog‘ini 1,08 AQSh dollardan olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan ulardan jami 43 500 AQSh dollarini olgani va va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.K. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026