Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Departament xodimiga 500 dollar pora bergan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning Mirobod tuman bo‘limi inspektori M.S.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro X.A. o‘zining qarindoshi D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga M.S.ga 500 AQSh dollari pora berishni taklif qilib, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi binosi oldida 500 AQSh dollarini pora tariqasida M.S.ga bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026