Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Nol-nol” bo‘lishni istagan fuqaro MIB xodimiga pora taklif etdi
Joriy yilning 9 avgust kuni Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tuman bo‘limi davlat inspektori Ye.Karimov shu tumandagi “Chimboy” mahallasida yashovchi fuqaro O.Ulukovning xonadonida energiya resurslari va suvdan foydalanish yuzasidan tekshirish o‘tkazadi. Xonadonda elektr hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri noqonuniy ulanib foydalanib kelayotganligi holati aniqlanadi Inspektor hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, xonadonni elektr energiyasi tarmog‘idan uzadi.
Tekshirish ishlari natijasida, fuqaro O.Ulukovning foydalangan elektr energiyasidan jami 4 mln. 787 ming 118 so‘m qarzdorligi va ETK manfaatlariga 647 ming 395 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Fuqaro O.Ulukov esa, bu holatlarni bosdi-bosdi qilish va chora ko‘rmaslik evaziga bo‘lim tezkor sho‘'ba katta inspektori Z.Sultanovga 1 mln. so‘m pora taklif qilgan. Z.Sultanov esa bu harakatga qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi va o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.Ulukov Z.Sultanovga Pastdarg‘om tumanining Xotira maydonida 1 mln. so‘m miqdorida pullarni berayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:54 / 20.01.2026
MIB qarzdorlarning telefoni bloklanishi mumkinligini rad etdi
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025