Jahon | 12:15 / 20.09.2018
5758
2 daqiqa o‘qiladi
Trafalgar maydonida she'r “to‘qiydigan” sher haykali paydo bo‘ldi
Londondagi dizayn festivali doirasida Trafalgar maydonida g‘aroyib sher haykali o‘rnatildi. Unga so‘zlar aytilsa, sher sun'iy ong yordamida bu so‘zlardan she'r yaratadi.
O‘tkinchilar sherga maxsus planshet yordamida istalgan so‘zni taklif qilishlari mumkin, sher esa sun'iy ong orqali yaratilgan bir misra she'r bilan javob qaytaradi.
Sun'iy ong 25 millionta so‘z boyligiga ega.
The Verge jurnalistlarining aytishlaricha, haykal ko‘pincha ma'nosiz she'r to‘qiydi, lekin qofiyani kelishtiradi.
Sher haykali maydonda 23 sentabrgacha turadi.
Haykal muallifi dizayner Es Devlin bo‘lib, u opera va teatrlar hamda Beyoncé va Kane Uestning jahon turnelarida dekoratsiyalar yaratgani bilan nom qozongan.