Markaziy bank Boşqaruvi qayta moliyalaş stavkasini 2018 yilning 25 sentabridan 2 foiz bandga oşirib, yillik 16 foiz darajasida belgilaş töğrisida qaror qabul qildi.

Mazkur qaror sönggi oylarda yuzaga kelgan taşqi iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilinib, inflyatsion kutilmalarning oşişi, ma'muriy tartibga solinadigan narxlarning ösişi va valyuta almaşuv kursi özgarişining içki narxlarga ta'siri kuçayayotgan şaroitlarda inflyatsion bosimni pasaytirişga yönaltirilgan.

Yillik inflyatsiya sur'atlarining sekinlaşib borişiga qaramasdan, inflyatsion xatarlarning kuçayişi hisobiga kelgusida uşbu dinamikaning ösiş tomonga özgarişi ehtimoli keskin oşdi. Pul-kredit siyosatining qat'iylaştirilişi mazkur xatarlarni hamda inflyatsion kutilmalarni pasayişiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Yillik inflyatsiya darajasi 2018 yilning avgust oyida ham dastlabki prognoz körsatkiçlari doirasida pasayişda davom etib, 15,7 foizni taşkil etdi. Mazkur dinamika meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy arzonlaşişi hamda 2017 yildagi pul massasi oşişi va milliy valyuta devalvatsiyasining inflyatsiya darajasiga ta'sirini kamayib borişi bilan izohlanadi.

Markaziy bank tomonidan 2018 yilning boşida iqtisodiy rivojlanişning bazaviy ssenariysiga muvofiq yil yakuni böyiça inflyatsiya darajasini 11,5-13,5 foiz oraliğida bölişi prognoz qilinib, uşbu prognoz quyidagilarga asoslangan edi:

• asosiy savdo hamkor davlatlarda makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanişi bilan mamlakatimiz uçun qulay taşqi iqtisodiy şaroitlarning saqlanib qolinişi;
• ma'muriy tartibga solinadigan narx va tariflarning bir maromda oşirilişi;
• umumlaştirilgan davlat byudjyetining muvozanatli ijrosi ta'minlanişi;
• iqtisodiyotni kreditlaş hajmlarining mötadil sur'atlarda ösişi.

Ammo, bugungi kunda yuzaga kelgan holat monetar siyosatning 2018 yilga möljallangan asosiy yönalişlari va keyingi pul-kredit siyosati şarhlarida qayd etilgan inflyatsion xatarlarning kuçayayotganligini körsatmoqda.