Microsoft o‘z tarixidagi eng tez o‘suvchi biznes ilovasi nomini e'lon qildi
Teams korporativ messenjeri Microsoft kompaniyasining eng tez o‘sayotgan biznes ilovasi deya e'tirof etildi. 24 sentabr kuni Ignite texnologik anjumanida kompaniya vakillari shunday bayonot berishdi.
Microsoft kompaniyasi Teams messenjerini 2017 yilning martida ishga tushirgan, bugunga kelib 329 dan ortiq tashkilot ushbu servisdan foydalanadi. 2018 yilning martida mijozlar soni 200 mingga yaqinni tashkil qildi. Shu yilning iyulida esa kompaniya Teams'ni barcha uchun bepul qildi, bunga qadar servisdan faqat Office 365 ilovalar paketi korporativ versiyasi obunachilarigina foydalanishi mumkin bo‘lgan.
Microsoft Teams'ning sun'iy intellekt texnologiyalariga asoslangan bir necha yangi funksiyasini namoyish etdi. Masalan, servis videoqo‘ng‘iroqlar vaqtida fonni xiralashtirish, shuningdek suhbatlarni yozib olish va avtomatik ravishda yozuvlarning matnli shaklini yaratish kabi yangi funksiyalar bilan ta'minlandi.
2019 yilning oktabrida Microsoft Teams'ga ish jadvalini boshqarish uchun yangi jihozlar qo‘shadi: menejyerlar grafiklar tuzib, o‘z kompaniyasi ichida ularni boshqalar bilan bo‘lishishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
00:49 / 30.10.2024
Microsoft Googleʼni o‘z biznesiga putur yetkazayotgan «yashirin kampaniyalar»da aybladi
20:11 / 26.10.2024
Microsoft rahbarining maoshi 79 mln dollarni tashkil etdi
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
23:20 / 03.10.2024