15:57 / 25.09.2018
38146

Qozog‘iston: O‘zbekiston yopilib olib, o‘z tegirmon sanoati tarmog‘ini yaratdi

Foto: Getty Images

Qozog‘iston un eksporti sohasi agrosanoat majmuasida barcha tarmoqlardan farq qiladi. Bu haqda Qozog‘iston g‘allani qayta ishlovchilar ittifoqi raisi Yevgeniy Gan Atameken biznes-telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Tarixan shunday yuz berdiki, biz sohani rivojlantirish bo‘yicha barchadan 10-15 yilga o‘tib ketdik. Bizning mahsulotlarimiz va qulay sharoitlarimiz uchun katta talab mavjud edi. Bugungi kunda yuzaga kelgan muammolar esa noyob bo‘lib chiqdi», - deydi Gan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barqaror sotuv bo‘lgan, un quyidagi tarzda mintaqaviy jihatdan taqsimlanadi: O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston.

«Lekin, 2011 yilda O‘zbekistonda qaror qabul qilindi, unga ko‘ra import uniga 10 foiz miqdorida aksiz solig‘i belgilandi. Unda hammasi ro‘y-rost yozilgandi: «O‘zimizning tegirmon quvvatlarimizni rivojlantirish maqsadida». Keyinchalik bu raqam 10 foizdan 15 foizgacha ko‘tarildi. Biz uni avvaliga 15dan 11gacha, keyin esa 11dan besh foizgacha kamaytirishimiz uchun besh yil talab etildi. O‘tgan yilning sentabr oyida, bizning davlatimiz rahbari O‘zbekistonning yangi prezidenti bilan uchrashganida, aksizlar bekor qilindi. Lekin bu vaqt davomida O‘zbekiston juda kuchli, yaxshi tegirmon sanoatini yaratdi, uning qayta ishlash hajmi - yiliga kamida 1,5 million tonna», - dedi Gan.

Yevgeniy Gan
Foto: Altapress

Uning so‘zlariga ko‘ra, besh-yetti yil muqaddam O‘zbekiston yirik importchi bo‘lgan, umumiy hajmlarda 65-66 foizni egallagan. Bugun esa Afg‘oniston birinchi o‘rinda.

«Hozirda o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, ya'ni ichki va tashqi tashuvlarga tariflarni moslashtirmoqdamiz. Kecha muhim hujjatni oldik. Biz O‘zbekiston temir yo‘llari qo‘shimcha yig‘imni - vagon uchun 280 dollarni olib tashlashiga erishdik. Muayyan qadamlar mavjud. O‘zbekiston biznesi mudramayotgani va vazifalarini o‘z manfaatlari yo‘lida qurayotgani aniq. Ammo hayotda qiyinchiliklarni yengish kerak», - dedi Gan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qozog‘istonni un bozoridan chiqarib yuborayotgani, ammo mamlakat ichida u qimmatlashayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top