Britaniyaning UKEF agentligi “O‘zbekneftgaz” loyihalarida ishtirok etishi mumkin
“O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati Britaniyaning Eksport moliyalashtirish agentligi bosh ijrochi direktori Lui Teylor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda, shuningdek, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “O‘zbekneftgaz” AJ va Britaniyaning Eksport moliyalashtirish agentligi (UKEF) o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sanoati sohasidagi investitsion loyihalarni 1,25 milliard funt sterling miqdorida moliyalashtirish bo‘yicha Memorandum imzolangan edi.
Hujjat joriy yilning aprel oyida Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida Britaniya-O‘zbekiston energetik forumi doirasida imzolangandi.
Mazkur uchrashuv esa UKEF’ning “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtiroki bo‘yicha aniq qadamlar muhokamasiga qaratildi.
Britaniya tomoniga “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyati, neft va gaz sanoatida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar hamda sohada va umuman mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha keng ma'lumot taqdim etildi.
Tomonlar Buyuk Britaniyaning UKEF agentligi tomonidan moliyalashtirishni ta'minlash bo‘yicha asosiy shartlar haqida batafsil suhbatlashdilar.
Bundan tashqari, UKEF vakillari tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirishda yanada ko‘proq ishtirok etish taklifi ilgari surildi – nafaqat moliyalashtirishda, balki eng so‘nggi jihozlar va xizmatlarni yetkazib beruvchi Britaniya kompaniyalarini izlab topishda.
Ikki tomon ham hamkorlik maqsadlari va oldinga qo‘yilgan vazifalar umumiyligi bo‘yicha anglashuv yuqori darajada ekanligini qayd etib, qo‘shma rejalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar borasida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024